Tramp Qatar sovğa qilgan 400 mln dollarlik “uçar qasr”ni köz-köz qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Qatar tomonidan sovğa qilingan yangi prezident samolyotini jamoatçilikka taqdim etdi. Uning aytişiça, mazkur layner kelgusida mamlakat rahbarining asosiy havo transportiga aylanadi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Malum qilinişiça, taqdimot Vaşington yaqinidagi Endryus harbiy-havo bazasida bölib ötgan. Tramp yangi Boeing 747-8 samolyotida tadbirga yetib kelgan va uni şaxsan közdan keçirgan.
Yangi bort qizil, oq va töq kök ranglardagi yangi dizaynga ega bölib, avvalgi prezident samolyotlaridan taşqi körinişi bilan farq qiladi.
Trampning takidlaşiça, samolyot 4 iyul kuni AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Vaşington osmonida ötkaziladigan yirik aviaşouda iştirok etadi.
“Bu samolyot bilan heç kim raqobat qila olmaydi. Mamlakatimiz samolyoti aynan şunday bölişi kerak. Heç kim unga hatto yaqin ham kelolmaydi”, degan Tramp.
AQŞ Prezidenti yangi laynerni “uçuvçi Oq uy” deb atab, unda hozirgaça körilmagan darajadagi qulaylik va haşamat yaratilganini takidlagan. Şuningdek, u yaqin vaqt içida amaldagi prezident samolyotlaridan foydalanişni töxtatişiga işora qilgan.
Naşr malumotlariga köra, samolyotning bozor qiymati taxminan 400 million dollarni taşkil etadi. Biroq uni prezident ehtiyojlariga moslaştiriş, xavfsizlik tizimlari va maxsus jihozlar örnatiş uçun qöşimça ravişda bir milliard dollardan ortiq mablağ sarflangani aytilmoqda.
Oq uyning malum qilişiça, Trampning prezidentlik muddati yakunlanganidan keyin samolyot uning prezidentlik kutubxonasi jamğarmasiga topşiriladi.
Avvalroq, Qatardan bunday qimmatbaho sovğani qabul qiliş AQŞda qonunçilik, etika va xavfsizlik masalalari böyiça bahs-munozaralarga sabab bölgan edi. Şunga qaramay, 2025 yilning may oyida AQŞ mazkur samolyotni rasman qabul qilib olgan.