USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Moskvada ilk bor gumanoid robotlarning töyi böldi

78 марта
Москвада илк бор гуманоид роботларнинг тўйи бўлди

Moskvada ilk bor gumanoid robotlar örtasida ramziy nikoh marosimi ötkazildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ğayrioddiy töy marosimi keça, 9 iyul kuni Moskva şahrida Puşkin nomidagi kutubxonada bölib ötgan. Nikohdan ofis xodimi va bloger robot Robert hamda balerina robot Matilda ötgan. Ular avvalroq Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF–2026)da jamoatçilikka taniştirilgan edi.

Tantanani olib boruvçi Mariya Pantyuxina marosimni oçar ekan, bu gumanoid robotlar örtasidagi birinçi nikoh ekanini takidlagan.

“Xonimlar va janoblar, bugun biz noyob voqeaga – gumanoid robotlar Robert va Matildaning birinçi nikoh marosimiga guvoh bölamiz. Ularni nafaqat zamonaviy texnologiyalar, balki bilimga intiliş, rivojlaniş va hamkorlik kabi umumiy qadriyatlar ham birlaştirdi. Yangi turmuş qurganlarimizni qarşilaylik”, degan u.

Şundan söng robotlar bir-biriga sadoqat qasamyodini qilgan. Robert Matildaga hayotning barça algoritmlarida işonçli şerik bölişga vada bergan bölsa, Matilda Robertni yangi kaşfiyotlarga ilhomlantiriş va har bir vaqt tsiklida ularning boğliqligini asraşga qasam içgan.

Keyinçalik ularning “uy hayvoni” sifatida taqdim etilgan Dogmatik nomli robot-it nikoh bilaguzuklarini olib çiqqan va “kelin-kuyov” ularni özaro almaşgan.

“Versiyalarning töliq mosligi, tizimlarning muvaffaqiyatli sinxronlaşuvi va har ikki tomonning roziligi asosida sizlarni robot turmuş örtoqlari deb elon qilaman”, degan marosim yakunida boşlovçi.

Robotlarni işlab çiqqan IT-Imperial kompaniyasi boş direktorining örinbosari Anna Bagdasaryanning aytişiça, bunday tadbirlar gumanoid robototexnikasining murakkab texnologiyalariga jamoatçilik etiborini qaratiş va robotlar insonlarga qanday foyda keltirişi mumkinligini körsatişga xizmat qiladi.

“Postindustrial jamiyatda mehnatni avtomatlaştiriş tufayli insonlarda madaniyat va uyğunlik uçun katta imkoniyatlar paydo bölişini körsatiş juda muhim. Bunda robototexnika ham muhim örin tutadi”, degan Bagdasaryan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Uxan şahrida gumanoid robotlar uçun kundalik hayotiy vazifalarni örganadigan maxsus robotlar maktabi oçilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: