USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin Ukrainaga qarşi uruşni kuçaytirmoqçi – OAV

149 марта
Путин Украинага қарши урушни кучайтирмоқчи – ОАВ

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yaqin oylarda Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarni yanada kuçaytirişi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Manbalarga köra, Ukrainaning Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlari va portlariga bergan sönggi dron zarbalari Putinning uruşni davom ettiriş borasidagi qarorini yanada mustahkamlagan. Ismi oşkor etilmagan manbalardan biri mojaroning yaqin oylarda keskinlaşiş ehtimoli yuqori ekanini bildirgan.

Qayd etilişiça, Putin Donbassning Ukraina nazoratida qolayotgan qismini egallaşni uruşdagi asosiy maqsad deb hisoblamoqda. Şuningdek, u Rossiya yaqin orada Donbass ustidan töliq nazorat örnatişiga işonmoqda.

Mazkur malumotlar AQŞ Prezidenti Donald Trampning joriy yilning 7 iyul kuni Putin uruşni tugatişni istayotgani va mojaroni hal qiliş odamlar öylagandan ham yaqinroq ekanini aytganidan söng yangragan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Reuters”ga bergan izohida Rossiya mojaroni tinç yöl bilan hal qilişga tayyorligini, biroq maxsus harbiy operatsiyani davom ettiriş uçun yetarli imkoniyatlarga ega ekanini bildirgan.

Zelenskiy idorasining yuqori martabali vakili esa sönggi oylardagi razvedka malumotlari Putinning tinçlik muzokaralariga emas, balki uruşni kengaytirişga tayyorlanayotganini körsatayotganini aytgan. Unga köra, Rossiya Ukrainada yangi harbiy operatsiyalar boşlaşi yoki Yevropaning boşqa davlatlariga qarşi harakat qilişi ehtimoldan xoli emas.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya–Ukraina uruşida hal qiluvçi bosqiç endi havo maydonida keçayotganini aytib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tahdid qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: