USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kreml Trampning Putindan noroziligiga javob qaytardi

131 марта
AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainaga qilingan eng yirik aviahujum sababli Rossiya rahbarini tanqid qilib, uni “butunlay aqldan ozgan” deb atagandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mazkur tanqidlarga munosabat bildirdi.

Peskovga köra, AQŞning Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarni boşlaş uçun “juda katta sa’y-harakatlar” körsatgani “hissiy zöriqişni” keltirib çiqargan. 

Şubhasiz, Amerika tomoni juda katta kuç sarflagan muzokaralar jarayonining boşlanişi juda muhim yutuqdir. Biz amerikaliklarga va şaxsan prezident Trampga muzokaralar jarayonini taşkil etiş va boşlaşda körsatgan kömagi uçun minnatdormiz. Bu juda mas’uliyatli jarayon bölib, u barça odamlarning mutlaq hissiy zöriqişi va hissiy munosabatlari bilan keçadi. Biz barça reaksiyalarni sinçkovlik bilan kuzatib bormoqdamiz, degan Peskov.

U Rossiya xavfsizligini ta’minlaş uçun prezident Putin “zarur bölgan qarorlarni qabul qilayotgani”ni ta’kidladi. Peskov bunga Ukrainaning 9-may kuni Moskvadagi Ğalaba paradida jahon yetakçilarining xavfsizligi haqidagi bayonotlarini misol qilib keltirdi. 

Uning sözlariga köra, köplab yetakçilar “dronlar bilan hujum qilişga uriniş”ning bevosita guvohi bölgan va bu holatlar hozirgaça davom etmoqda. U şuningdek, Ukraina Rossiyaning “ijtimoiy va tinç infratuzilmasiga zarba berayotgani”, Moskva esa bunga javoban “harbiy nişonlarga zarba berayotganini” da’vo qilgan.

Rossiya qöşinlari 25-mayga ötar keçasi Ukraina hududiga 300 ga yaqin dron va 70 ta raketa uçirdi. Oqibatda 12 kişi halok böldi, 60 dan ortiq kişi yaralandi. 13 ta hudud zarba ostida qolgan: Kiyev va Kiyev viloyati, şuningdek, Jitomir, Xmelnitskiy, Ternopol, Dnepropetrovsk, Nikolayev, Odessa, Xarkov, Çernigov, Çerkass, Sumi va Poltava viloyatlari.

AQŞ prezidenti mazkur hujumni qoralagan va rossiyalik hamkasbini “butunlay aqldan ozgan” deb atagan.

Men har doim Vladimir Putin bilan juda yaxşi munosabatda bölganman, lekin unga nimadir bölgan. U butunlay aqldan ozibdi! U bekordan bekorga köp odamlarni öldiryapti, men faqat harbiylar haqida gapirayotganim yöq. Raketalar va dronlar heç qanday sababsiz Ukraina şaharlari böylab uçirilmoqda,degan Tramp.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: