Jahon çempionati saralaşi doirasidagi BAA — Özbekiston uçraşuvi uçun çiptalar sotuvi boşlandi.
27-05-2025, 11:29
170 марта

Birlaşgan Arab Amirligining Abu-Dabi şahrida ötkaziladigan bellaşuv uçun çiptalar Ticketmaster.ae sayti orqali sotilmoqda.
OFK reglamentiga muvofiq mehmonlar uçun stadion siğimining sakkiz foiziga teng sondagi çiptalar taqdim etiladi. Öyin ötkaziladigan stadion siğimi 15 ming ekanligini hisobga olsak, özbekistonliklar uçun taxminan 1200 ta atrofida çipta ajratiladi.
Muhim eslatma: Rasmiy sayt — ticketmaster.ae’da quyidagiça ogohlantiriş bor:
“Viagogo kabi uçinçi tomon orqali onlayn xarid qilingan çiptalar haqiqiy emas. Bunday çiptalar egalari stadionga kiritilmaydi.”
Ya’ni ticketmaster.ae saytidan boşqa platformalarda olingan çiptalar bilan stadionga kiriş mumkin emas. Şuningdek, özbekistonliklar yoki boşqa xorij fuqarolar boşqa sektorlardan çipta xarid qilsa, stadionga kiriş uçun BAA rezident ID kartasi kerak böladi.
Ma’lum bölişiça, standart sektorlar uçun çipta narxi 20 dirxamga (70 ming söm atrofida – tahririyat.) baholanmoqda.
Temur Kapadze jamoasi 8-turdan keyin 17 oçko bilan A guruhida 2-örinni egallab turibdi. “Oq börilar”ning asosiy raqobatçisi bölgan amirliklar bilan bahs köp narsaga aniqlik kiritadi. Ya’ni Özbekiston mazkur bahsda durang natija qayd etsa ham mundial yöllanmasiga ega çiqdi. BAA 13 oçko bilan 3-poğonani band etgan. Guruh yetakçi Eron esa allaqaçon Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgan.Ma’lumot uçun, BAA — Özbekiston 5-iyun kuni Abu-Dabidagi “Al-Nahyan” stadionida bölib ötadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan 21:00 da boşlanadi.