Vetnamda sayyohlar ketayotgan kater ağdarilib, 15 kişi halok böldi
Bugun, 11 iyul kuni Vetnamning janubidagi Fukuok oroli yaqinida hindistonlik sayyohlar ketayotgan kater ağdarilib ketişi oqibatida 15 kişi halok böldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Malum qilinişiça, kater bortida 32 nafar Hindiston fuqarosi va 4 nafar ekipaj azosi bölgan. Hodisa oqibatida 21 kişi qutqarilgan, jarohatlanganlar şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki malumotlarga köra, kater maşhur Xon Mey Rut Ngoay orolidan An Txoy xalqaro portiga qaytayotgan vaqtda, qirğoqdan taxminan 400 metr uzoqlikda ağdarilib ketgan. Hodisa sababi hozirça aniqlanmagan.
Guvohlarning aytişiça, voqea joyiga yaqin atrofdagi kemalar birinçi bölib yetib borib, yölovçilarni qutqarişga kirişgan. Keyinçalik Vetnam çegara xizmati, harbiy-dengiz kuçlari va sohil qöriqlaş xizmati qutqaruv işlariga jalb qilingan. Ayrim yölovçilar kater içida qolib ketgani sabab qutqaruv işlari murakkablaşgan.
Hindistonning Xanoydagi elçixonasi jabrlanganlarning yaqinlari bilan işlaş uçun Xanoy va Xoşimin şaharlarida tezkor ştablar taşkil etilganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Viskonsin ştatidagi Jeneva kölida kuçli böron vaqtida qayiq ağdarilib ketişi oqibatida uç kişi halok bölib, yetti kişi qutqarib qolingan edi.