USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Taylandda özbekistonliklar bölgan kema çökib ketdi

832 марта

Taylandda özbekistonliklar bölgan kema çökib ketdi

Taylandning Pxuket orolida özbekistonlik sayyohlar iştirokida yirik dengiz halokati yuz berdi. 11 yanvar kuni Korawiç Marine 888 tezyurar sayr kateri baliqçi trauleri bilan töqnaşib, jiddiy şikastlangan va ağdarilib, çökib ketgan. Fojia oqibatida 18 yoşli Rossiya fuqarosi Yelizaveta Starix vafot etgan.

Dastlabki malumotlarga köra, kater bortida 33 nafar Rossiya fuqarosi, şuningdek, Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va boşqa bir qator davlatlar fuqarolari bölgan. Rossiya Federatsiyasining 23 nafar fuqarosi turli darajadagi jarohatlar bilan Pxuketdagi bir neçta davolaş muassasalariga yotqizilgan, u yerda ularga tibbiy yordam körsatilmoqda. 
Malum qilinişiça, Pxuket va Krabi [viloyatlari] politsiyasi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda. 


Korawiç Marine 888 operator tomonidan boşqariladi, u asosan rusiyzabon sayyohlar uçun kam byudjetli segmentda ekskursiya sayohatlarini ötkazadi, bu esa xizmat sifatiga tasir qiladi. Bu kompaniyaning katerlari avval ham halokatga uçragan. 

Qayiqda jami 55 kişi – 52 nafar sayyoh va 3 nafar ekipaj azosi bölgan. Sayyohlardan 33 nafari Rossiya, 8 nafari Qozoğiston, 4 nafari Özbekiston, 2 nafari Qirğiziston, qolgani Polşa va Buyuk Britaniya fuqarolari ekani aytilmoqda. Kuçli zarbadan keyin kemaning korpusga şikast yetgan va çökib ketgan. 
Hozirgaça Taşqi işlar vazirligi Taylandda sodir bölgan halokat va uning oqibatida jarohatlangan özbekistonliklar, ularning holati haqida malumot bergani yöq.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: