USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp TikTok'da çindan ham “1-raqamli”mi?

97 марта
AQŞ Prezidenti Donald Tramp bu hafta bir neça bor özini TikTok'da “1-raqamli” deb atadi. Biroq bu eng köp kuzatuvçiga ega foydalanuvçi emas, balki ijtimoiy tarmoqdagi eng maşhur jahon yetakçisi ekanini anglatadi. Bu haqda AQŞning CNBC naşri xabar berdi.


“Yangi raqamlar çiqdi. Bilasizmi, TikTok'da eng birinçi örinda kim turibdi? Tramp. Men”, degan Tramp 6 iyul kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda. U şuningdek, Teylor Sviftni ortda qoldirganini aytib, qöşiqçini platformada “11-örinda” deb takidlagan.

Biroq 9 iyul holatiga köra, Trampning TikTok'da 16,7 million kuzatuvçisi bor. Teylor Svift esa 33,5 milliondan ortiq kuzatuvçiga ega bölib, Trampdan ikki baravar köp auditoriya töplagan.

Platformadagi eng maşhur akkaunt egasi – senegallik va italiyalik bloger Xabane Leym bölib, uning 162,3 million kuzatuvçisi bor. Bu Tramp auditoriyasidan qariyb ön baravar köp. Undan keyin 159,2 million kuzatuvçi bilan 22 yoşli Çarli D’Amelio joylaşgan. U 2019 yil oxirida raqs videolari orqali maşhurlikka erişgan.

“Men birinçi raqamli edim. Bu sanatkorlarning barçasi 27-, 29-örinlarda. Bu aql bovar qilmaydi. Özim ham tuşunmayman, ammo bu mening fikrlarim odamlarga yetib borayotganini anglatadi”, degan Tramp 8 iyul kuni Turkiyaning Anqara şahrida bölib ötgan NATO sammitida.

5 iyul kuni Truth Social'dagi post esa Trampning bu gapiga aniqlik kiritgan. Unda TikTok boş direktori Şou Zi Çyuning Trampni platformadagi eng köp kuzatuvçiga ega jahon yetakçisi sifatida tabriklagan xabari elon qilingan. Oq uydan uşbu farq haqida izoh söralganda, rasmiylar Trampning aynan şu Truth Social postiga işora qilgan.

CNBC tahliliga köra, Tramp haqiqatdan ham TikTok'dagi eng köp kuzatuvçiga ega jahon yetakçisi hisoblanadi. Undan keyin Salvador prezidenti Naib Bukele 12,9 million, Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum 9,3 million va Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron 7,3 million kuzatuvçi bilan joylaşgan. Köplab davlat rahbarlarining TikTok'da rasmiy akkaunti yöq. Ular qatorida Xitoy raisi Si Tszinpin, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Yaqin Şarqning köplab davlat rahbarlari bor. Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu esa platformada 1,5 million kuzatuvçi töplagan.

AQŞ içki siyosatida esa 2024 yilgi prezidentlik saylovida Trampning raqibi bölgan sobiq vitse-prezident Kamala Xarrisning TikTok'da 10,1 million kuzatuvçisi bor. Sobiq prezidentlar Barak Obama va Jo Baydenning rasmiy TikTok akkauntlari mavjud emas.

Trampning TikTok sahifasida asosan Oval kabinetdan turib turli davlat siyosati, taşabbuslar va qarorlar haqida murojaat qilgan qisqa videolar joylaştiriladi. Ayrim videolar hazilomuz mazmunda ham böladi. Masalan, 26 may kuni joylangan videoda u demokratlarni nega “Dumocrats” deb ataşini tuşuntirgan.

“Faqat bitta harf özgargan. Ular haqiqatan ham ahmoq odamlarga öxşaydi”, degan Tramp.

Tramp bu haftagi NATO sammitida TikTok'dan AQŞning muvaffaqiyatlari va “kommunizm qançalik yomon ekani” haqida gapiriş uçun foydalanişini aytgan.

Malumot uçun, boşqa ijtimoiy tarmoqlarda ham Tramp katta auditoriyaga ega. Uning X tarmoğida 111,7 million, Instagram'da 44 million va Truth Social platformasida 12,9 million kuzatuvçisi bor.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2025 yilda kriptovalyutaga oid bizneslaridan 1 milliard AQŞ dollaridan ortiq daromad olgani xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: