Tramp Si Tszinpin bilan “juda samarali” suhbat ötkazganini aytdi
20-09-2025, 15:20
191 марта

Tramp Si Tszinpin bilan “juda samarali” suhbat ötkazganini aytdi
Bugun, 19 sentyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan juda samarali muzokara ötkazganini malum qildi va ular köplab masalalarda sezilarli yutuqlarga erişganini bildirdi. Bu haqda u özining Truth Social’dagi sahifasida yozdi.
“Men hozirgina XXR Raisi Si Tszinpin bilan juda samarali telefon orqali suhbatni yakunladim. Biz köplab muhim masalalarda, jumladan savdo, fentanil, Rossiya-Ukraina mojarosini töxtatiş zarurati va TikTok böyiça kelişuvni tasdiqlaş borasida taraqqiyotga erişdik”, deb yozdi AQŞ yetakçisi.Tramp, şuningdek, Janubiy Koreyada bölib ötadigan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida Xitoy rahbari bilan uçraşişga kelişilganini aytdi. Ularning muloqotida Trampning 2026 yil boşida Xitoyga qilinadigan taşrifi ham muhokama qilingan, Si Tszinpin esa öziga qulay vaqtda AQŞga javob taşrifi bilan borişga vada bergan.
“Bu juda foydali suhbat böldi, biz yana telefon orqali gaplaşamiz. TikTok böyiça qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorman va ikkimiz ham APEC’dagi uçraşuvni intiqlik bilan kutyapmiz”, deydi AQŞ Prezidenti.Suhbatning boşqa tafsilotlari hozirça malum emas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp Si Tszinpin bilan telefon orqali muloqot qilişi haqida xabar berilgan edi. Suhbatning asosiy mavzulari sifatida tariflar va TikTok’ning AQŞdagi taqdiri bölişi malum edi.