USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Rossiya, Xitoy va KXDRni AQŞga qarşi “fitna” rejalaştirişda aybladi

115 марта

Tramp Rossiya, Xitoy va KXDRni AQŞga qarşi “fitna” rejalaştirişda aybladi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya, Xitoy va KXDRni AQŞga qarşi “fitna” rejalaştirayotganlikda aybladi. Bu haqda u bugun, 3 sentyabr kuni özining Truth Social’dagi sahifasida yozdi.


AQŞ Prezidenti Pekindagi paradga izoh berar ekan, Xitoy Raisi Si Tszinpin öz nutqida: “AQŞning Ikkinçi jahon uruşidagi yordamiga töxtalib ötadimi?”, degan savolni qöygan. Trampning bildirişiça, AQŞ Xitoyga: “Begona bosqinçidan ozod bölişida yordam bergan, köplab amerikaliklar Xitoyning ğalabasi va şarafi uçun jon bergan”.

“Xitoy Raisi Si Tszinpin va buyuk Xitoy xalqining bayrami uluğvor va unutilmas bölsin! Iltimos, Qöşma Ştatlarga qarşi fitna tayyorlayotganingizda Vladimir Putin va Kim Çen Inga mening eng samimiy salomimni yetkazing”, deb yozdi Tramp. 

Qayd etiş joiz, 31 avgustdan 1 sentyabrgaça Tyantszin şahrida bölib ötgan ŞHT sammitida Xitoy rahbari Si Tszinpin Rossiya, Hindiston va boşqa mamlakatlarni Ğarbga qarşi çiqişga çaqirgandi. 

“Dunyo “beqarorlik va özgarişlar” davrini boşdan keçirayotgan bir paytda, ular “tartibli köp qutbli dunyo”ni qöllab-quvvatlaşi zarur. Bunga erkin savdoni himoya qiliş va “adolatliroq hamda oqilona global boşqaruv tizimi”ni şakllantiriş kiradi”, degan Si Tszinpin.

Xalqaro matbuot esa bu bayonotni AQŞga qarşi çaqiriq sifatida baholadi.

“Biz hamkorlik kölamini kengaytirişimiz, har bir mamlakatning öziga xos kuçli tomonlaridan töliq foydalanişimiz va mintaqaviy tinçlik, barqarorlik va farovonlikka hissa qöşiş böyiça umumiy masuliyatni birlaştirişimiz kerak”, deydi Xitoy raisi ŞHT sammitida iştirok etgan jahon yetakçilariga.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: