USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Soya floti” yana nişonda: Ukraina bir keçada 15 ta kemaga zarba berdi

96 марта
“Соя флоти” яна нишонда: Украина бир кечада 15 та кемага зарба берди

Bugun, 13 iyulga ötar keçasi Ukraina Rossiyaning “soya floti”ga tegişli 15 ta kemaga zarba berdi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.

Ukraina Qurolli kuçlarining Uçuvçisiz tizimlar kuçlari qömondoni Robert Madyar Brovdining aytişiça, zarba berilgan kemalar orasida 7 ta neft tankeri, 5 ta quruq yuk kemasi, 1 ta parom va 2 ta buksir bor.

Brovdiga köra, joriy yilning 6–13 iyul kunlari davomida Rossiyaning “soya floti”ga tegişli jami 105 ta kemaga samarali zarbalar berilgan.

Şuningdek, joriy yilning 12–13 iyul kunlari vaqtinça bosib olingan Qrim va Ukrainaning Rossiya nazoratidagi boşqa hududlarida turli quvvatga ega 9 ta elektr podstantsiyasi hamda Rossiyadan Qrimga elektr energiyasi uzatuvçi Kuban–Qrim elektr köprigining “Qrim” strategik uzatiş punktiga zarba berilgan. Mazkur uzatiş punkti sönggi 48 soat içida ikkinçi bor hujumga uçragan.

Bundan taşqari, Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimining 4 ta elementi, jumladan, S-400 “Triumf” zenit-raketa majmuasi, “Tor” havo hujumidan mudofaa tizimi va ikkita radiolokatsiya majmuasi yöq qilingani bildirilgan.

Ukraina tomonining malum qilişiça, sönggi 24 soat içida Uçuvçisiz tizimlar kuçlari frontning taktik çuqurligi böylab 1 725 ta nişonga zarba bergan. Rossiya tomoni hozirça uşbu malumotlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Azov dengizida Rossiyaning “soya floti”ga tegişli 28 ta kemaga zarba bergan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: