USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Qrimga yonilği taşiyotgan Rossiyaning sakkizta “soya floti” tankeriga zarba berdi

92 марта
Украина Қримга ёнилғи ташиётган Россиянинг саккизта “соя флоти” танкерига зарба берди

Ukraina harbiylari bugun, 7 iyul kuni tunda Rossiyaning “soya floti”dagi sakkizta tankeriga dron zarbalarini berdi. Bu haqda Ukraina Dron kuçlari Telegram orqali xabar berdi.

Bayonotda aytilişiça, xalqaro sanktsiyalar ostida bölgan, har biri taxminan 7 ming tonna yuk kötariş quvvatiga ega tankerlar Azov dengizida nişonga olingan. Malum qilinişiça, ular bosib olingan Qrimga yoqilği yetkazib berayotgan bölgan. Bu Kiyevning yarimorolni yanada yakkalab qöyişga qaratilgan harakatlarining bir qismi hisoblanadi.

Bölinma tomonidan elon qilingan oq-qora dron tasvirlarida kemalarga zarba berilib, ularda yonğin çiqqanini köriş mumkin.

Qayd etiş joiz, Kiyev uzoq vaqtdan buyon xalqaro hamkorlarini Rossiya neftini jahon bozorlariga sanktsiyalarni çetlab ötib yetkazib berayotgan kemalarga qarşi çoralarni kuçaytirişga çaqirib kelmoqda. Ukraina qora dengizda Rossiya neftini taşiyotgan ayrim tankerlarni dengiz dronlari yordamida işdan çiqarişga qaratilgan hujumlarni amalga oşirib kelyapti. Bu Moskva daromad manbalarini qisqartirişga qaratilgan kampaniyaning bir qismi hisoblanadi.

Şuningdek, sönggi vaqtlarda Rossiya portlariga kirib çiqqan bir qator tankerlarda sababi nomalum portlaşlar ham yuz bergan. Ukraina bu hujumlarga aloqadorligini na tasdiqlagan, na rad etgan. Biroq dengiz xavfsizligi sohasidagi manbalar bu hujumlar ortida Ukraina turgan bölişi mumkinligini taxmin qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina bir keça davomida Moskvaga 430 dan ortiq uçuvçisiz uçiş apparatini uçirgani haqida xabar berilgan edi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: