USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Rossiyaning muhim neft konlariga zarba berdi

129 марта

Ukraina Rossiyaning muhim neft konlariga zarba berdi

Keça, 10 aprelga ötar keçasi Ukraina Mudofaa kuçlari bölinmalari Kaspiy dengizi şelfidagi Rossiyaning ikkita burğilaş platformasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi va Ukraina Maxsus operatsiyalar kuçlari (MOK) xabar qildi. 

Qayd etilişiça, operatsiya Rossiyaning harbiy-iqtisodiy salohiyatini pasaytiriş strategiyasi doirasida amalga oşirilgan. Hujum oqibatida muzga çidamli statsionar platformalar – Valeriy Grayfer nomidagi kondagi LSP-2 va Yuriy Korçagin nomidagi kondagi LSP-1 platformalari zarbaga uçragan. Ukraina MOK ikkala platforma ham Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasiga tegişli ekanini qayd etgan. Ular Kaspiy dengizining şimoliy qismida, front çiziğidan deyarli 1000 kilometr uzoqlikda joylaşgan va Rossiya armiyasini yoqilği-moylaş materiallari bilan taminlaşda muhim böğin hisoblanadi.
“Bloomberg” malumotlariga köra, ikkala konning yillik eng yuqori qazib oliş hajmi 1,2 million tonna xom neft (kuniga taxminan 24 ming barrel)ga möljallangan. U yerda, şuningdek, tabiiy gaz va kondensat ham qazib olinadi.

Qayd etiş joiz, sönggi haftalarda Ukraina Rossiyaning energetika obektlariga – neftni qayta işlaş zavodlaridan tortib, Boltiq va Qora dengizdagi eksport terminallarigaça bölgan hujumlarini kuçaytirdi. “Bloomberg”ning yozişiça, Kiyev şu yöl bilan Moskvaning Erondagi uruş tufayli jahon xomaşyo narxlari kötarilişidan oladigan moliyaviy foydasini kamaytirişga intilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: