Ukraina Rossiyaning eng yirik neft terminaliga hujum qildi
23-03-2026, 15:16
227 марта

Ukraina Rossiyaning eng yirik neft terminaliga hujum qildi
Ukraina Rossiyaning Leningrad viloyatidagi eng yirik neft terminallaridan biriga hujum qildi. Bu haqda “Neftegaz.ru” xabar berdi.Malum bölişiça, Ukraina Mudofaa kuçlari Rossiyaning Leningrad viloyatning Primorsk şahridagi dengiz neft terminaliga hujum qilgan. Bu mamlakatning asosiy eksport markazlaridan biri hisoblanib, hujum oqibatida yoqilği bakiga zarar yetgan va yonğin sodir bölgan.
Malumotlarga köra, port xodimlari evakuatsiya qilingan hamda favqulodda xizmatlar voqea joyiga yetib kelib yonğinni öçirgan.
Mahalliy hokimiyat hujumni tasdiqlagan. Leningrad viloyati gubernatorining sözlariga köra, Rossiya havo mudofaasi va elektron uruş tizimlari hujum boşlanganidan beri mintaqada 35 ta dronni yöq qilgan.
Primorskdagi port Rossiya iqtisodiyoti uçun strategik ahamiyatga ega bölib uning quvur tizimining quvvati yiliga 75 million tonna neftga yetişi aytilgan.