Ukraina Rossiyaning yirik neftni qayta işlaş zavodiga zarba berdi
15-09-2025, 12:13
136 марта

Ukraina Rossiyaning yirik neftni qayta işlaş zavodiga zarba berdi
Ukraina dronlari Rossiyaning eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biriga zarba berdi, oqibatda hodisa joyida yonğin yuzaga keldi. Bu haqda 14 sentyabr kuni Rossiya rasmiylari va Ukraina Qurolli kuçlari malum qildi.
Hujum Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Kirişi neftni qayta işlaş zavodiga uyuştirilgan. Uşbu obekt “Surgutneftegaz” kompaniyasiga tegişli bölib, yiliga qariyb 17,7 million tonna (kuniga 355 ming barrel) neftni qayta işlaş quvvatiga ega. Zavod Rossiyada işlab çiqariş hajmi böyiça top uçlikka kiradi.
Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenkoning aytişiça, Kirişi hududi ustida 3 ta dron urib tuşirilgan, ulardan birining qoldiqlari zavod hududiga tuşib, yonğin keltirib çiqargan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan, yonğin esa tezda bartaraf etilgan.
Malumotlarga köra, bir keça-kunduzda Rossiya, Qrim va Azov dengizi ustida kamida 80 ta Ukraina droni urib tuşirilgan. Ukraina dronlari Kirişi zavodini 2025 yil mart oyida ham nişonga olgan edi, biroq zarar ança kamroq bölgan.
Rossiya 3 yildan beri Ukrainaga bosqinni davom ettirar ekan, dronlar har ikki tomon uçun ham asosiy qurolga aylangan. Ammo sönngi kunlarda bu uruş qöşni hududlarga ham öz tasirini ötkazmay qolmayapti. Xususan, bir qança Rossiya dronlari 10 sentyabr kuni Polşa havo hududini buzib kirgan. Bu esa uruş çegaradan taşqariga ham yoyilişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuçaytirmoqda.
Rossiyada benzin tanqisligi kuçaymoqda
Rossiya neft eksporti hajmi böyiça dunyoda ikkinçi örinda turadi. Ammo sönggi haftalarda içki ehtiyojning ortişi va Ukraina dronlari hujumlari ortidan mamlakatda benzin tanqisligi kuçayib ketgan. Ayrim hududlarda yonilği quyiş şoxobçalari butunlay böşab qolgan, haydovçilar uzun navbatlarda turişga majbur bölmoqda. Rasmiylar esa benzin sotişni çeklaş yoki vaqtinça töxtatiş haqida rejalar işlab çiqmoqda.