Ukraina ilk bor Rossiyaning neft koniga zarba berdi
11-12-2025, 19:20
104 марта

Ukraina ilk bor Rossiyaning neft koniga zarba berdi
Ukraina Rossiyaning nafaqat neftni qayta işlaş, balki uni qazib oliş bilan şuğullanuvçi energetika obektlarini ham nişonga ola boşladi. Xususan, dronlar Kaspiy dengizi şelfida joylaşgan “Lukoyl” platformasiga zarba bergan. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga tayanib, bugun, 11 dekabr kuni “Bloomberg” xabar berdi.Manbaga köra, uzoq masofaga uçuvçi dronlar Filanovskiy nomidagi kon hududida işlayotgan platformaga kamida tört marta zarba bergan. Bu “Lukoyl”ning Rossiyaga tegişli Kaspiy dengizidagi eng yirik neft koni hisoblanadi. Konning zaxiralari katta (qariyb 129 mln tonna neft), qazib oliş bir neçta platformalarda amalga oşiriladi va neft Kaspiy quvur konsortsiumi orqali eksport qilinadi.
“Bloomberg” manbasining malum qilişiça, hujum oqibatida konning 20 dan ortiq quduğida qazib oliş töxtatilgan. Agentlik bu malumotni mustaqil tasdiqlay olmagan, “Lukoyl” esa izoh beriş böyiça sörovga javob qaytarmagan.
Qayd etiş joiz, Ukraina Rossiyaning neft sanoatiga qarşi harbiy kampaniyasini kengaytirmoqda. Joriy yilning avgust oyidan beri neftni qayta işlaş zavodlari muntazam ravişda dron hujumlariga uçramoqda. Yaqinda port infratuzilmasiga qaratilgan zarbalar ham ularga qöşilgan. Vortexa malumotlariga köra, ana şu hujumlar tufayli noyabr oyida örtaça kunlik neft mahsulotlari eksporti 2 mln barrelni taşkil etgan – bu 2016-2024 yillardagi şu oy uçun örtaça körsatkiçdan 21 foiz kam.
UBS’ning neft böyiça tahlilçisi Jovanni Staunovoning aytişiça, Kiyev zarbalarni qayta işlaş korxonalaridan eksport obektlariga köçirmoqda. Agar bunday hujumlar davom etsa, ular Rossiyaga uzoq muddatli zarar yetkazişi mumkin.
Şuningdek, Rossiyadan neft mahsulotlari taşiydigan “soya floti” tankerlariga nisbatan ham “ov” olib borilmoqda. Sönggi marta Qora dengizda ğarb sanktsiyalari ostidagi Daşan kemasi dengiz dronlari hujumiga uçradi.
“Lukoyl” malumotlariga köra, Kaspiy dengizining Rossiya qismida joylaşgan Filanovskiy konining loyihaviy quvvati yiliga 6 mln tonna (kuniga taxminan 120 000 barrel)ni taşkil qiladi. Ötgan yili “Lukoyl” Rossiyada qariyb 76,5 mln tonna xom neft va kondensat işlab çiqargan. Şu sababli, Filanovskiy koni kompaniyaning içki bozordagi umumiy qazib oliş hajmining 8 foizidan kamiga töğri keladi.