Marhum Lindsi Grem örniga uning singlisi AQŞ Senatiga tayinlandi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp tavsiya qilgan Darlin Grem Nordon marhum akasi Lindsi Gremning örniga AQŞ Senatiga tayinlandi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Malum qilinişiça, Darlin Grem Nordon 2027 yilgaça, yani Lindsi Gremning 2020 yilda boşlangan törtinçi senatorlik muddati yakunlangunga qadar AQŞ Senatida faoliyat yuritadi.
Matbuot anjumanida sözga çiqqan Janubiy Karolina gubernatori Makmaster Lindsi Gremni örnini heç kim bosa olmaydigan va ğayrioddiy inson deb atab, uning singlisi akasining işini davom ettirişiga işonç bildirgan.
64 yoşli Darlin Grem Nordon esa Senatda Donald Trampning siyosatini qöllab-quvvatlaşini va akasi boşlagan işlarni davom ettirişini malum qilgan.
“Kelgusi bir neça oy davomida Prezidentni qöllab-quvvatlaş va akam Janubiy Karolina hamda AQŞ fuqarolari manfaatlari yölida boşlagan işlarni davom ettiriş uçun astoydil mehnat qilişga vada beraman. Menimça, Lindsi ham şuni istagan bölardi”, degan u.
Darlin Grem Nordon hozirda Janubiy Karolina Közi ojizlar komissiyasi azosi hisoblanadi. U optik mutaxassis bölib, avval Klemson universiteti hamda ştatning Bandlik va mehnat resurslari departamentida işlagan. Şuningdek, Közi ojizlar böyiça ştat agentliklari milliy kengaşining saylangan prezidenti hisoblanadi.
Malum bölişiça, Darlin Grem Nordon ösmirlik davrida ota-onasidan ayrilganidan söng, Lindsi Grem unga otadek ğamxörlik qilgan. Şu bois uning Senatdagi örinni egallaşi respublikaçilar va demokratlar tomonidan iliq kutib olingan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 iyul kuni amerikalik senator Lindsi Grem 71 yoşida vafot etgan edi. Keyinçalik AQŞ senatori Lindsi Grem ateroskleroz oqibatida yuzaga kelgan aorta yorilişi sabab vafot etgani malum bölgan. Şuningdek, rossiyalik propagandaçi faylasuf Aleksandr Dugin AQŞ senatori Lindsi Gremning tösatdan vafoti ortida Isroilning taşqi razvedka xizmati – “Mossad” turgan bölişi mumkinligini davo qilgandi.