Gremning ölimi Trampga “qora işora” bölişi mumkin – Dugin
Rossiyalik propagandaçi faylasuf Aleksandr Dugin AQŞ senatori Lindsi Gremning tösatdan vafoti ortida Isroilning taşqi razvedka xizmati – “Mossad” turgan bölişi mumkinligini davo qildi. Bu haqda u özining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Unga köra, bu AQŞ Prezidenti Donald Trampga yuborilgan “qora işora” bölib, uni Eronga qarşi keng kölamli uruşni qayta boşlaşga undaş maqsadini közlagan.
Şuningdek, Dugin voqeaga Eron aloqadorligiga şubha bilan qaraşini aytgan. Uning fikriça, eng ehtimoliy stsenariy uşbu hodisa “Mossad” tomonidan uyuştirilganidir.
“Lindsi Gremning tösatdan ölimi Trampga yuborilgan qora belgi bölişi mumkin. Bu oçiqçasiga: “Navbat seniki”, degan manoni anglatadi. Lindsi Grem Trampning soyasi, uning qoronği alter egosi edi”, deya yozgan Dugin.
Duginning uşbu bayonoti Gremning ölimidan söng paydo bölgan fitna nazariyalari fonida yangradi. Hozirça uning davolarini tasdiqlovçi heç qanday rasmiy dalil yoki isbot taqdim etilmagan. AQŞ rasmiylari ölimda taşqi aralaşuv alomatlari aniqlanmaganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Lindsi Grem qisqa muddatli va kutilmaganda yuzaga kelgan xastalik oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Keyinçalik elon qilingan sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga köra, u ateroskleroz oqibatida yuzaga kelgan aorta yorilişi sabab vafot etgani malum bölgan.