USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Suveren Özbekistonning mavjudligini qabul qilib bölmaydi” — Aleksandr Dugin

856 марта

“Suveren Özbekistonning mavjudligini qabul qilib bölmaydi” — Aleksandr Dugin

“Rus dunyosi” mafkurasining asosiy memori hamda Kremlga yaqin faylasuf sobiq SSSR tarkibida bölgan mamlakatlar, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari suverenitetini inkor qildi. Uning fikriça, bu respublikalarni Rossiya “nazoratga olişi kerak”.
“Suveren Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Qozoğiston, suveren Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistonning mavjudligini qabul qilib bölmaydi. Yangi voqelik modelida heç qanday suverenitetga örin yöq. Ular yoki bizning lagerimizda, Yagona ittifoqimiz tarkibida böladi yoki Ğarb, Yevropa Ittifoqi, Amerika uçun, ayrim holatlarda esa Xitoy uçun tayanç maydonga aylanadi”, degan u.
​Bundan taşqari, Dugin “uç qutbli dunyo” haqidagi qaraşlarini takrorlab, Rossiyani AQŞ hamda Xitoy qatorida sanadi. Faylasuf Moskva bunday şaroitda eng muhim kuç markazlaridan biriga aylanişi uçun Markaziy Osiyo hamda Kavkaz davlatlarini nazorat qilişi kerakligini takidladi.
“Bizning maqsadimiz uç qutbli dunyoda eng muhim kuç markazlaridan biriga aylaniş: suveren, erkin, mustaqil va ulkan davlat böliş. Biz nazoratga olmagan barça hududlar neytral bölib qolmaydi. Yani tinç va osoyişta “Şveytsariyalar”ga aylanmaydi. Aksinça, ular boşqa qutblarning, eng avvalo AQŞ boşçiligidagi yanada mojaroli qutbning tayanç nuqtasiga aylanadi”, degan u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: