Özbekistonda SSSR bayroği kötarilişini qabul qilib bölmaydi – Bobur Bekmurodov
1-05-2025, 17:38
166 марта

Özbekistonda SSSR bayroği kötarilişini qabul qilib bölmaydi – Bobur Bekmurodov
Özbekistonda SSSR bayroqlarini kötarib çiqiş – amaldagi konstitutsiyaviy tuzumimizga zid bölgan, yot kommunistik ğoyalarni yoqlaş sifatida qabul qilinişi lozim. “Yuksaliş” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov bunday taklifni ilgari surdi.Deputat Özbekistonda 9 may – Xotira va qadrlaş kuni – Vatan uçun fidokorlik körsatgan insonlarni uluğlaş, tinçlik va hamjihatlik qadriyatlarini yodga oliş kuni ekanini eslatgan va afsus bilan har yili uşbu kun arafasida ayrim fuqarolar tomonidan Sovet ittifoqini eslatuvçi atributikalar, Georgiy lentasi kabi mustaqillik ruhiyatiga zid ramzlardan foydalaniş holatlari kuzatilişini qayd etgan.
“Qolaversa, rossiyalik ayrim jamoatçilik faollari va jurnalistlar Özbekistonda 9 may kunini Xotira kuni emas Ğalaba kuni sifatida talqin etişda davom etişi nosoğlom propagandaning yorqin misolidir”, degan Bekmurodov “Rossotrudniçestvo”ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskayaning TASS agentligidagi matbuot anjumanida aytgan gaplariga işora qilib.
Staroselskaya Özbekiston “Ğalabaning 80 yilligini tantanali nişonlaşi”ni aytgan.
Bobur Bekmurodov esa 9 may kuni taşqi geosiyosiy yoki tarixiy qarama-qarşiliklarni esga soluvçi ramzlardan foydalaniş mutlaqo qabul qilinmasligini takidlagan.
“Bayram va xotira tadbirlari faqat Özbekiston davlat ramzlari hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ruhda ötişi zarur.
Sobiq ittifoq (SSSR) bayroqlarini kötarib çiqiş — amaldagi konstitutsiyaviy tuzumimizga zid bölgan, yot kommunistik ğoyalarni yoqlaş sifatida qabul qilinişi lozim”, deydi deputat