Kartadan kartaga katta miqdorda pul ötkazişda qöşimça himoya çoralari kiritiladi

Qonunçilik palatasi 29 aprel kungi majlisida tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari faoliyatiga oid qonun loyihasini birinçi öqişda kontseptual jihatdan qabul qildi.
Loyihaga köra, antifrod çorasi sifatida ketma-ket uç yoki undan ortiq pul ötkazmalari nazorati avtomatlaştiriladi; bank kartalaridan foydalanişni hamda jismoniy şaxslar örtasida katta miqdordagi pul ötkazmalarini qöşimça biometrik va boşqa himoya çoralarini qöllagan holda nazorat qiliş mexanizmlari joriy etiladi.
“Katta miqdordagi ötkazmalar” deganda qança miqdor haqida gap ketayotgani malum emas.
Qonun loyihasida, şuningdek, banklarga tölov tizimi operatori sifatida faoliyatini boşlaş uçun litsenziya oliş talabini bekor qilib, xabardor etiş tartibiga ötiş közda tutilgan.
Bundan taşqari, muhim tölov taşkilotlari tuşunçasi qonunçilikka kiritiladi. Bu toifadagi taşkilotlar tomonidan uzluksiz xizmat körsatilişini taminlaş maqsadida ularning tölov tizimi iştirokçisi bölişi uçun huquqiy asos yaratilmoqda