1 maydan nimalar özgaradi?
27-04-2025, 10:13
987 марта

1 maydan nimalar özgaradi?
Qonunçilikdagi asosiy özgarişlar şarhi bilan tanişing.
Muvofiqlikni röyxatga oliş osonlaşadi.
Bojsiz olib kirişning yangilangan meyorlari
Jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlari uçun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirişning quyidagi meyorlari belgilanadi:
havo transportida – 1 000 AQŞ dollari;
temir yöl va daryo transportida – 500 AQŞ dollari;
avtomobil (piyoda) ötkaziş punktlari orqali – 300 AQŞ dollari;
xalqaro kurerlik jönatmalari orqali – 200 AQŞ dollari;
xalqaro poçta jönatmalari orqali – 100 AQŞ dollari.
Banklarga qöşimça huquqlar
Ustav fondida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan banklar va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalari auktsionda sotilmasdan qarzdorliklarni söndiriş evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni özlari sotiş huquqiga ega. Ular şuningdek bunday mol-mulkni kredit, bölib-bölib tölaş yoki lizing şartnomalari orqali sotişlari mumkin.
Tadbirkorlar ustidan şartnomaviy asoslardagi davlat nazorati
Tadbirkor va quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş hududiy inspektsiyalari örtasida şartnoma tuzilgan bölsa, tadbirkorlik subektlarining quriliş obektlarida qisqa muddatli davlat quriliş nazorati tadbirlari şartnoma şartlari doirasida amalga oşiriladi va "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida röyxatdan ötkazilmaydi.
Davlat organlari kadrlar bölimlari boşliqlarini attestatsiyadan ötkaziş
2025 yil 1 maydan boşlab:
respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining inson resurslarini boşqariş böyiça faoliyatini davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi baholab boradi;
respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölinmalarining rahbarlari uşbu qaror talablari asosida davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organida attestatsiyadan ötadilar.
Fonogrammadan foydalanişni çeklaş çoralari
2025 yil 1 maydan boşlab:
Davlat byudjeti va byudjetdan taşqari mablağlar hisobidan moliyalaştiriladigan barça kontsert-tomoşa tadbirlarida fonogrammadan foydalaniş bosqiçma-bosqiç çeklanadi;
kontsert-tomoşa tadbirlari reklamasida tegişinça «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali kontsert dasturi» belgilari körsatilişi kerak;
ijodkorlarni davlat mukofotlariga tavsiya etişda, birinçi navbatda, ularning jonli ijrodagi mahorati inobatga olinadi.
Energiya istemoli uçun kompensatsiya çoralari
2027 yil 1 aprelga qadar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va yordamini oluvçi hamda Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, şuningdek, reyestrlarga kiritilmagan (daromadi har bir oila azosiga eng kam istemol xarajatlarining 1,5 baravaridan oşmaydigan) kam taminlangan oilalar mezonlariga tuşuvçi oilalarga:
narxlar örtasidagi farq oyiga elektr energiyasi istemoli böyiça bazaviy meyordan 150 kVt/soat yuqori bölganda;
tabiiy gaz istemoli böyiça isitiş mavsumida oyiga bazaviy meyordan 250 kub metrgaça, boşqa davrlarda oyiga bazaviy meyordan 150 kub metrgaça ortiq foydalanilgan qismi uçun bazaviy meyor doirasidagi hamda bazaviy meyordan oşgan narxlar örtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Kreativ park rezidentlari uçun soliq imtiyozlari
2031 yil 1 yanvargaça kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari belgilanadi:
ijtimoiy soliqni hamda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini 50 foiz kamaytirilgan stavkada tölaş;
rezidentlarni tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olgan daromadi miqdoridan qati nazar aylanmadan olinadigan soliq tölovçilar toifasiga kiritiş. Bunda rezidentlar öz istagiga binoan umumbelgilangan soliq soliş tartibiga ötişlari mumkin.
Tadbirkorlik subektlarining yiriklaşuvini rağbatlantiriş
Özini özi band qilgan şaxslar yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik şaxs sifatida davlat röyxatidan ötkazilganda, davlat boji undirilmaydi.
Şuningdek, öz faoliyatini tegişinça yakka tartibdagi tadbirkor, mikrofirma yoki kiçik korxona toifasigaça yiriklaştirgan özini özi band qilgan şaxslar va tadbirkorlik subektlariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi doirasida 50 million sömgaça, Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş kompleks dasturi doirasida – 150 million sömgaça garovsiz kreditlar beriladi.
Öz faoliyatini tegişinça örta yoki yirik biznes toifasigaça yiriklaştirgan tadbirkorlik subektlariga – bir yil davomida qöşilgan qiymat soliği summasi örnini qoplaş (qaytariş) yetti kun muddatda amalga oşiriladi.
«Hamroh» dasturi doirasida grant va kreditlari
«Hamroh» tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida:
ayollarga "yaşil loyihalar" va IT sohasidagi loyihalarni amalga oşirişiga, şuningdek kamida 5 nafar ayolning tadbirkorligini yölga qöyişga kömaklaşgan 1 ming nafar "ustoz" tadbirkorlarga 50 million sömgaça grant ajratiş taşkil qilinadi;
ijobiy kredit tarixiga ega bölgan ayollarga 100 million sömgaça garovsiz kredit ajratiladi;
ayol-tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar "Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi" AJ kafillik taqdim etadi
Tadbirkorlarda soliq tekşiruvi ötkazişning yangi tartibi
«Soliq xavfini aniqlaş, tahlil qiliş va baholaş» avtomatlaştirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yaşiriş (kamaytirib körsatiş) holatlari böyiça ötkaziladigan soliq tekşiruvlariga tekşiruvlarning boşlanişi haqida kamida 10 iş kuni oldin tadbirkorlik subektini xabardor qiliş talabi tatbiq etilmaydi.
«Toza qöllar» dasturi işga tuşiriladi
Barça soğliqni saqlaş va talim muassasalarida qöl yuviş joylarini sanitar-gigiyenik vositalar bilan taminlaş va sanitar xonalarning texnik holatini yaxşilaşni nazarda tutuvçi «Toza qöllar» dasturi işga tuşiriladi.
Toşkent va Nukus şaharlari, şuningdek, viloyat markazlarida quyidagi yönalişlar böyiça yangi loyihalarni amalga oşiriş taqiqlanadi:
asbest va tsement, şlam va şlaklarni işlab çiqariş;
teri-oşlovçilik, parrandaçilik fabrikalari;
yuqori samarali çang tutuvçi va gazni tozalovçi inşootlar bilan jihozlanmagan har qanday turdagi kömirni yoqiş;
qora va rangli metallurgiya, tarkibida zaharli aralaşmalar, zaharli kimyoviy moddalar bölgan şişa zavodlari;
xavflilik darajasi böyiça I va II toifaga mansub çiqindilarni qayta işlaş va yoqiş korxonalari.
«Halol» belgisi bilan markirovka qilişning yangi tartibi
Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti talablariga muvofiq sertifikatlangan mahsulotlar va xizmatlarni "Halol" belgisi bilan markirovka qilişni boşlaş rejalaştirilmoqda.
Soliq organi huquqbuzarlarning bank operatsiyalarini töxtatib turişi mumkin böladi.
Tadbirkorlik subekti soliq qoidabuzarliklarini tan olganida, soliq organi tomonidan uning bank hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarni töxtatib turiş tartibi joriy etiladi.
Suv transportidan foydalanişning yangi tartibi
Tezlikni avtomatik pasaytiriş uskunasi bilan jihozlangan, GPS uskunasi örnatilgan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulangan suv transporti vositalaridan (içki yonuv dvigatelli) foydalanişga ruxsat etiladi.