USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

TIV sukut saqlasa milliy manfaatlarimizni kim himoya qiladi?

151 марта
Özbekistonning taşqi siyosati doimo davlat mustaqilligi va milliy manfaatlarni himoya qiliş tamoyillariga asoslanadi. Sönggi yillarda bu yönalişda turli taşabbuslar amalga oşirildi. Biroq ayrim holatlarda davlatning rasmiy vakillari tomonidan zarur pozitsiyaning bildirilmasligi jamoatçilik etiroziga sabab bölmoqda.

Xususan, Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Özbekistonga taşrifi davomida Samarqanddagi "Motamsaro ona" yodgorligida rus tilidagi yozuvning yöqligini tanqid qildi. U yodgorlikdagi sözlar faqat özbek va ingliz tillarida yozilganini takidlarkan: “Bu yerda ingliz tilida yozuv bor, lekin rusçasini körmadim. Ona – bu eng muqaddas zot”, deya ekskursovodga murojaat qilgan.

Lavrovning bu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda faol jamoatçilik tomonidan qizğin munozaralarga sabab böldi. Bir qator blogerlar, jurnalistlar, deputatlar va jamoat faollari Lavrovning bu fikrlariga keskin etiroz bildirib, öz ijtimoiy sahifalarida tanqid va kesatiqlar bilan javob qaytardilar. Özbekiston mustaqil davlat sifatida davlat tili — özbek tiliga hurmat talab qilinişini takidladilar.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Moskva Boş maydoniga özbekça ham yozilsa, keyin öylab körişimiz mumkin, deya Rossiya TIV vaziriga javob qaytargan. “Özbek xalqi tilni majburiyat emas, imkoniyat deb tanlaydi. Xorij tilini suniy tarğib qiliş muhabbat emas, qarşi munosabat uyğotadi. Qolaversa, hurmat talab qilinmaydi – u singadi”, deydi deputat.

Şuningdek, “Milliy tiklaniş” partiyasi rahbari Alişer Qodirov rus siyosatçilari Özbekistonda rus madaniyati va rus tiliga bölgan munosabatni yomonlaştiriş uçun hamma yöllarni sinab körayotganini takidlagan. “Nega Özbekistonda yoşlar heç kim eslatib turmasa ham ingliz, nemis, turk va arab tillarini örganişga harakat qiladilar? Sörab olingan hurmat va yolğon yaratilgan ehtiyojdan faqat teskari natija bölişini vazir Lavrov bilmasligi mumkin emas”, deya yozgan Alişer Qodirov.

“Har bir mamlakat özining hududidagi tarixiy obida yoki haykali atrofida qaysi tilda yozişini faqat özi hal qiladi. Bizning vazirlar ham Rossiyaga borganda bazi masalalar böyiça Lavrov kabi dadil savol berişni örganişlari kerak, şekilli”, deydi ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja.

Şuningdek, yana bir qança blogerlar va jurnalistlar ham Lavrovning bayonotiga nisbatan keskin fikrlar bildirişdi.

Taşqi işlar vaziri nega jim?

Yuqorida Lavrovning bayonotiga javoban bildirilgan jamoatçilik fikrlari bilan tanişdik. Biroq bu vaziyatda eng muhim savol oçiq qolmoqda: Lavrovga aslida kim rasmiy javob berişi kerak edi?

Bunday holatlarda milliy manfaatlarni himoya qiliş va davlat pozitsiyasini oçiq bayon etiş – Taşqi işlar vazirining bevosita vazifasi emasmi?

Agar rasmiy şaxslar jim tursa, oxir-oqibatda jamiyatdagi oddiy fuqarolar, blogerlar, universitet rektorlari yoki deputatlar bu böşliqni töldirişga majbur böladi. Biroq, bunday vaziyatda ular bildirayotgan norasmiy fikrlar davlat siyosati darajasidagi rasmiy bayonot örnini bosa oladimi?

Diplomatiyada begona davlat vakilining içki işlarga aralaşuviga munosabat bildiriş — tabiiy va zaruriy harakat sanaladi. Ayniqsa, bu kabi masalalarda rasmiy şaxsning sukutati odamlar orasida norozilik va savollarni kuçaytiradi. Çunki jamoatçilik davlat manfaatlari qaçon va kim tomonidan himoya qilinişini körişni istaydi. Bunday vaziyatda Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidovning panada turişi qançalik töğri?

Baxtiyor Saidovning mutaxassisligi nima, u diplomatiya qoidalaridan yetarliça xabardormi? 

Şu örinda B.Saidovning faoliyatiga töxtalib ötsak:

Baxtiyor Odiloviç Saidov 1981 yilda Samarqand şahrida tuğilgan. U Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat va magistratura bosqiçlarini tamomlagan, şuningdek, Şveytsariyada joylaşgan Jahon savdo taşkiloti institutida ham tahsil olgan.

Etiborlisi şundaki, Saidov asosan iqtisodiyot va savdo yönalişida tahsil olgan va faoliyat yuritgan. U 2009–2013 yillarda Koreya Respublikasidagi elçixonada savdo-iqtisodiy masalalari böyiça maslahatçi bölib işlagan. 2017–2021 yillarda esa Özbekistonning Xitoydagi elçisi lavozimida faoliyat körsatgan, şuningdek, Möğuliston va Filippindagi elçilik vazifalarini ham örindoşlik asosida bajargan.
Saidov Vazirlar Mahkamasi, Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “Özbekengilsanoat” aktsiyadorlik jamiyatida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan. U Favqulodda va Muxtor Elçi diplomatik martabasiga sazovor bölgan bölsa-da, faoliyatining asosiy yönalişi iqtisodiyot va savdo sohalari bilan boğliq bölgan.

2021 yildan 2022 yil oxirigaça Özbekiston Respublikasi Xalq talimi vaziri sifatida işlagan. 2022 yil 30 dekabrdan esa Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. 2023 yil 25 aprelda uşbu lavozimga rasman tasdiqlangan.

Ayni paytda Saidov diplomatiya qoidalari va xalqaro siyosatning nozik jihatlari böyiça yetarliça sinovdan ötganmi? Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan Özbekiston suverenitetiga nozik tegib ketuvçi bayonotlar berildi. Biroq Saidov bunga javoban heç qanday rasmiy izoh bermadi va Özbekiston pozitsiyasini aniq va qatiy himoya qilolmadi. Diplomatik protokol talab qilgan vaziyatlarda – xususan, davlat şaniga taalluqli masalalarda – sukut saqlaş özini oqlamasligi esa kundek ravşan.

Şuningdek, yana bir holat etiborga qaratsak. Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Özbekistonga taşrif buyurganida, Baxtiyor Saidov u bilan quçoqlaşib körişmoqçi böldi. Garçi şaxsiy muloqotlarda quçoqlaşiş iliqlik va döstlik belgisi sifatida qabul qilinsa-da, diplomatiyada bunday harakat jiddiy xatolik hisoblanadi.

Çunki Taşqi işlar vaziri oddiy amaldor emas, balki butun davlatning xalqaro maydondagi şanini himoya qiluvçi şaxsdir.

Diplomatik etikada esa qatiy qoidalar mavjud: diplomatlar, xususan, taşqi işlar vazirlari, rasmiy uçraşuvlarda hissiyotlarga berilmasdan, muvozanatli, vazmin va ehtiyotkor bölişi kerak. Ularning har bir harakati, imo-işorasi, yuz ifodasi ham xalqaro maydonda davlat siyosatining bir qismi sifatida baholanadi. Şu sababli diplomatik odob-axloq qoidalariga köra, xorijiy delegatlarni kutib olişda faqat rasmiy körinişda – sovuqqon tabassum va oddiy qöl siqiş bilan salomlaşiş tavsiya etiladi.

Bunday vaziyatlarda esa taşqi siyosat rahbari hissiyotlarga berilmay, özini davlat şaniga mos tarzda tuta bilişi, diplomatik protokolga qatiy amal qilişi zarur edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, Lavrovning "Motamsaro ona" yodgorligidagi tanqididan keyin Samarqanddagi tarixiy Registon maydonida ötkazilgan 3D şou rus tilida ham namoyiş etilgan.

Taşqaridan kelgan bir şaxs – u qançalik yuqori lavozim egasi bölmasin, bizning qadriyatlarimiz, madaniyatimiz haqidagi qarorini aytişi va biz öz yurtimizda, öz tariximiz, öz sahnamizda uni rozi qiliş uçun şoşilinç tarzda nimalarnidir özgartirib çiqişimiz nimani anglatadi?
Davlatning rasmiy vakillari, ayniqsa madaniyat va diplomatiya sohasida işlaydiganlar, bunday vaziyatlarda birinçi navbatda xalqining ğururini, mustaqilligini himoya qiliş, özini özi hurmat qilişini körsatişi kerak. Çunki taşqi bosimlarga beriladigan har bir yumşoqlik, oxir-oqibat, özligimizni asta-sekin yöqotişga olib keladi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: