AQŞ Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni keçiktirdi
21-10-2025, 14:01
153 марта

AQŞ Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni keçiktirdi
Rossiyaga qarşi “halokatli” sanktsiyalarni nazarda tutuvçi qonun loyihasining körib çiqilişi AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uçraşuvigaça keçiktirildi. Bu haqda AQŞ Senatidagi respublikaçilar yetakçisi Jon Tyun “Bloomberg”ga bergan intervyusida söz oçdi.“Hozirça biz pauza tugmasini bosdik”, degan Tyun.Gap 2025 yilning aprel oyida senatorlar Lindsi Grem va Riçard Blumental tomonidan taklif qilingan loyiha haqida ketmoqda. Unda Rossiya Ukrainaga uzoq muddatli tinçlikka rozi bölmagan taqdirda, Rossiya neft, gaz, uran va boşqa mahsulotlarini sotib oladigan davlatlardan importga 500 foizlik boj joriy etilişi nazarda tutilgan.
Senatorlar uşbu çoralarni 2025 yilning iyun örtalarida bölib ötgan G7 sammitigaça qabul qilişni rejalaştirişgan, biroq loyihaning ilgari surilişi Rossiya–Ukraina mojarosini hal etiş böyiça Trampning bayonotlari ortidan vaqtinça töxtatilgan.
Gremning sözlariga köra, uning “halokatli” sanktsiyalar haqidagi loyihasini 100 senatorning 80 dan ortiği qöllab-quvvatlaşga tayyor edi. Biroq 4 avgust kuni Senat tatilga çiqib, yangi sanktsiyalarni joriy etiş böyiça yakuniy qarorni Trampning öziga qoldirdi. Prezident sanktsiyalarni farmon orqali joriy qilişi mumkin.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bunga javoban, Rossiya “ançadan beri juda köp sanktsiyalar ostida yaşab kelayotganini“ va buning natijasida “immunitet” şakllanganini takidladi.