“Sabr kosam tölmoqda”. Tramp Rossiyaga oğir sanktsiyalar bilan tahdid qildi
13-09-2025, 11:53
346 марта

“Sabr kosam tölmoqda”. Tramp Rossiyaga oğir sanktsiyalar bilan tahdid qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiyaga juda qattiq sanktsiyalar qöllaş bilan tahdid qildi. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.Amerika Prezidentining iddao qilişiça, u uruşlardan juda çarçagan va şu bilan birga, Rossiya rahbari Vladimir Putinga nisbatan “sabr kosasi tölib bormoqda”.
Oq uy rahbari ehtimoliy çora sifatida banklar, neftga qarşi sanktsiyalar hamda bojlarni tilga olgan. Tramp Hindistonning Rossiya neftini xarid qilgani uçun bu davlat importiga qöşimça 50 foizlik boj joriy etganini eslatib ötgan.
“Putin mojaroni hal qilişni xohlasa, Zelenskiy xohlamadi. Zelenskiy xohlasa, Putin xohlamadi. Endi Zelenskiy xohlayapti, Putinning javobi esa söroq ostida”, degan Tramp.
AQŞ Savdo vaziri Govard Lyutnikning sözlariga köra, Hindiston bilan savdo kelişuvi uçun asosiy talab Rossiya neftidan voz keçişdir. Uning tuşuntirişiça, Nyu-Dehli Rossiya neftini 7–10 dollar arzonroq narxda olib, uni qayta işlaydi va butun dunyoga sotadi.
Moskva doimgidek barça sanktsiyalarni noqonuniy deb hisoblab, ularni bekor qilişni talab qilib kelmoqda.