USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zelenskiy Boş vazirlikka nomzod körsatdi hamda Mudofaa vazirini işdan oldi

133 марта
Зеленский Бош вазирликка номзод кўрсатди ҳамда Мудофаа вазирини ишдан олди

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlatning energetika kompaniyasi rahbarini Boş vazir lavozimiga tavsiya qildi, şuningdek, uruşning hal qiluvçi bosqiçida Mudofaa vazirini ham almaştirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.

Qayd etilişiça, Prezident Vladimir Zelenskiy keça, 15 iyul kuni davlatga qaraşli “Naftogaz” kompaniyasi rahbari Sergiy Koretskiyni Ukrainaning yangi Boş vaziri lavozimiga tavsiya qilgan. Şu bilan birga, parlament deputatlari davlat rahbari Mudofaa vaziri Mixaylo Fedorovni ham almaştirişni rejalaştirayotganini malum qilgan.

Ayrim deputatlar va tahlilçilar Fedorovning lavozimdan ketişidan xavotir bildirib, bu Ukraina armiyasi Rossiyaning neft sanoatiga zarba berayotgan va Moskva qöşinlarining frontdagi ilgarilaşini sekinlaştirayotgan bir paytda mamlakatning harbiy salohiyatiga salbiy tasir körsatişini takidlagan.

Kiyevda jurnalistlar bilan muloqotda Zelenskiy davlatning “Naftogaz” kompaniyasi boş direktori Sergiy Koretskiyni Boş vazirlik uçun eng munosib nomzod deb atagan. Uning sözlariga köra, Ukraina uçun eng muhim vazifa qiş mavsumiga tayyorgarlik körişdir.

“Ustuvor vazifalar aniq – qişga tayyorgarlik. Şuning uçun barça maslahatlaşuvlardan keyin Sergiy Koretskiy Ukraina Boş vaziri lavozimi uçun eng tayyor nomzod ekaniga işonçim komil”, degan Zelenskiy.

Manbaga köra, Sviridenkoning istefosi amalda butun hukumatning tarqalişiga olib kelgan. Ukraina qonunçiligiga köra, Boş vazirni parlament tasdiqlaydi. Zelenskiyning “Xalq xizmatkori” partiyasi parlamentda köpçilikka ega bölgani uçun uning nomzodi maqullanişi kutilmoqda.

Şu bilan birga, asosiy etibor hukumatning mudofaa sohasiga qaratildi. Parlament deputatlari Prezident bilan uçraşuvdan söng ijtimoiy tarmoqlarda Zelenskiy 2023 yildan buyon Içki işlar vaziri bölib işlayotgan Igor Klimenkoni Mudofaa vaziri etib tayinlaşni rejalaştirayotganini yozgan. “Xalq xizmatkori” partiyasi deputati Olga Vasilevskaya-Smaglyuk ham Klimenkoning nomzodi ilgari surilişini tasdiqlagan.

Fedorovga hukumatda boşqa lavozim taklif etiladimi-yöqmi, hozirça malum emas. U olti oylik faoliyati davomida Ukraina armiyasini samaraliroq kuçga aylantirişga qaratilgan keng qamrovli islohotlarni boşlagan edi. Ayrim deputatlar Fedorovni almaştiriş Ukrainaning uruşdagi imkoniyatlariga yordam bermasligini aytgan.

Parlamentning Taşqi işlar qömitasi raisi Aleksandr Merejko bu qarordan norozi ekanini bildirgan.

“Fedorov xalqaro hamkorlarimiz orasida katta hurmatga ega. Uning nomi Mudofaa vazirligida haqiqiy islohotlar umidi bilan boğlangan edi”, deb yozgan u.

Köngillilar harakati va dronlardan foydalaniş böyiça faol Mariya Berlinskaya esa Fedorovning almaştirilişini “Prezident Zelenskiyning eng katta xatolaridan biri” deb atagan.

“Prezidentning bu qarori bizga şunçaki zarar yetkazmaydi, balki juda katta yöqotişlarga sabab böladi. Buning bahosi yuz minglab odamlarning hayoti va salomatligi böladi, balki undan ham köproq”, degan u.

Fedorov esa Telegram orqali murojaatida Ukrainaga xizmat qiliş özi uçun “katta şaraf” bölganini takidlagan. U amalga oşirilgan işlar qatorida dronlarga sarmoyalarni köpaytiriş va harbiy xaridlar tizimini yangilaşni sanab ötgan. Uning aytişiça, hali bajarilişi lozim bölgan vazifalardan biri “Mudofaa vazirligini NATO standartlari va soğlom aql tamoyillari asosida özgartiriş” hisoblanadi.

Qayd etilişiça, bu özgarişlar Ukrainada Zelenskiyning uruş davridagi rahbarligiga nisbatan jamoatçilik va parlament işonçiga yanada salbiy tasir körsatişi mumkin. Ayni paytda mamlakat havo mudofaasi vositalari va şaxsiy tarkib yetişmasligi kabi jiddiy muammolarga ham duç kelmoqda.

Fedorov tarafdorlarining aytişiça, uning mudofaa xaridlari tizimini şaffoflaştirişga qaratilgan islohotlari ayrim tasir doiralarining noroziligiga sabab bölgan. Şuningdek, u harbiy xizmatga jalb qiliş tizimini isloh qiliş böyiça vadalarni tez bajarmagani uçun ham tanqid qilingan.

Malumot örnida, Ukrainada raqamli transformatsiya böyiça ilk vazir sifatida Fedorov davlat xizmatlarini keng qöllaniladigan yagona ilovaga jamlaşga muvaffaq bölgan. Mudofaa vaziri sifatida esa u dronlar xaridini kengaytiriş va Rossiya qöşinlarini resurs jihatidan zaiflaştirişga qaratilgan malumotlarga asoslangan strategiyani amalga oşirgani bilan etirof etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq, Zelenskiy Boş vazir Yuliya Sviridenkoni bir yil işlaganidan söng lavozimidan ozod qilgandi. Keyin esa Parlament uning istefosini qabul qilgan va yangi Boş vazir nomzodini bugun, 16 iyul kuni körib çiqişi kutilmoqda. Prezident bu qaror sabablarini batafsil izohlamagan, faqat rahbariyatni yangilaş maqsad qilinganini aytgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: