AQŞ harbiylarining testosteron darajasi tekşiriladi – Hegset
AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset 30 yoşdan oşgan harbiy xizmatçilar yillik tibbiy körik doirasida testosteron yetişmovçiligi böyiça tekşiruvdan ötkazilişini malum qildi. Bu haqda Hegset X ijtimoiy tarmoğida elon qilgan videomurojaatida söz oçdi.
Mudofaa vazirining videomurojaatida uşbu dastur harbiylarning “öz vazifalarini eng yuqori darajada bajarişi uçun testosteron miqdori yetarli bölişini taminlaş” maqsadida joriy etilayotgani aytilgan.
Yangi tartibga köra, testosteron darajasi past aniqlangan harbiylarga ixtiyoriy asosda gormon almaştiriş terapiyasi taklif etiladi. 30 yoşgaça bölgan harbiylar uçun esa bunday tekşiruv ixtiyoriy hisoblanadi.
Hegset tekşiruvlar ayol harbiylarga ham tatbiq etiladimi-yöqmi, bu haqda aniqlik kiritmagan. Uning takidlaşiça, dasturning maqsadi suniy ravişda jismoniy körsatkiçlarni oşiriş emas, balki harbiylarning uzoq muddatli salomatligini saqlaşdir.
Pentagon vakili Şon Parnell mazkur tartib darhol kuçga kirişini bildirgan. Uning sözlariga köra, 30 yoş va undan katta bölgan barça faol xizmatdagi hamda zaxiradagi harbiylar uçun testosteron yetişmovçiligi böyiça tekşiruv majburiy böladi.
“Uşbu dastur vazirlikka harbiylarning soğliği böyiça töliq bazaviy malumotlarni şakllantiriş va zarur hollarda maqsadli testosteron terapiyasini taklif etiş imkonini beradi. Bu esa jangga tayyor va samarali harbiy kuçni saqlab qolişga xizmat qiladi”, degan Parnell.
Pentagondan erkak va ayol harbiylar bir xil tartibda tekşiriladimi, şuningdek, perimenopauza davridagi ayollarga estrogen terapiyasi taklif etiladimi, degan savollarga izoh berilmagan.
Illinoys ştatidan demokrat senator, Iroq uruşi veterani Temmi Dakvort gormonlar böyiça tekşiruvlar erkaklar bilan bir qatorda ayol harbiylar uçun ham joriy etilişi lozimligini bildirgan. Pensilvaniyadan Kongress azosi va AQŞ Havo kuçlari veterani Krissi Hulaxan esa mazkur taşabbusni Pit Hegsetning “madaniy uruşlarga oid navbatdagi qiziqişi” deb baholagan.
Mutaxassisning qayd etişiça, gormon almaştiriş terapiyasi muşak massasini oşiriş, yoğ töplanişini kamaytiriş, depressiya xavfini pasaytiriş hamda vaqt ötişi bilan suyak ziçligini yaxşilaşga yordam berişi mumkin. Şu bilan birga, u testosteronni har kim ham qabul qilişi mumkin emasligini ogohlantirgan. Xususan, yoş erkaklarda bunday terapiya bepuştlikka olib kelişi mumkin. Şuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ham oşişi ehtimoli mavjud.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2028 yilda Los-Anjelesda bölib ötadigan Olimpiadada transgenderlarning ayollar musobaqalarida iştirok etmasligini taminlaş uçun çoralar körişga vada bergan edi.