USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Taşiyev prezidentlik saylovida qatnaşmasligini aytdi

141 марта
Ташиев президентлик сайловида қатнашмаслигини айтди

Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) sobiq raisi Qamçibek Taşiyev 2027 yilda bölib ötadigan mamlakat prezidentligi saylovida öz nomzodi bilan qatnaşmasligini malum qildi. Taşiyevning bu haqdagi bayonotini bugun, 16 iyul kuni “Region” telekanalining sobiq boş direktori Ötkirbek Rahmonov özining Facebook sahifasida elon qildi.

Taşiyevning bildirişiça, sönggi vaqtlarda 2027 yilda bölib ötadigan prezidentlik saylovi haqida uning nomi aralaştirilgan turli yolğon malumotlar tarqatilmoqda. Şuning uçun xalq orasida turli taxminlarga örin qoldirmaslik maqsadida MXDQ sobiq raisi öz pozitsiyasini oçiq va aniq bayon qilişni töğri deb bilgan.

“Birinçidan, men 2027 yilgi prezidentlik saylovida iştirok etmayman. Bu haqda avval ham bir neça bor aniq aytganman. Bugun ham şu qatiy sözimdan qaytmayman! Mening pozitsiyam özgarmagan va özgarmaydi!”, degan u.

Şuningdek, Taşiyev kelgusi saylovda amaldagi Prezident va yaqin dösti Sadir Japarovni töliq qöllab-quvvatlaşini aytgan.

“Ikkinçidan, men 2027 yilgi prezidentlik saylovida Qirğiz Respublikasi Prezidenti, Oliy boş qömondon Sadir Nurğojoyeviç Japarovni töliq qöllab-quvvatlayman. Bu ham mening ançadan buyon aytib kelayotgan qatiy pozitsiyam ekanini bilasizlar”, deb aytgan Milliy xavfsizlik davlat qömitasi sobiq raisi.

Bunga sabab qilib Taşiyev mamlakat barqarorligi, davlat manfaati va xalq birligi hamma narsadan ustun turişini bildirgan.

“Men davlatparvar va vatanparvar inson sifatida döstim Sadir Nurğojoyeviçni qöllab-quvvatlayman. Döstimni qöllab-quvvatlaş orqali mamlakatimiz taraqqiyotini, xalqimiz birligini va Qirğizistonimizning kelajagini qöllab-quvvatlayotganimga işonaman”, degan u.

Qamçibek Taşiyev öz bayonoti orqali vijdoni pok ekanligini, vatani oldida halol hizmat qilib kelayotganini aytgan. Şu bilan birga, u nomidan foydalanib miş-mişlar tarqatayotganlarni “buzğunçi” deb atab, ularga işonmaslikka çaqirgan. Uning sözlariga köra, bunday fitnalar birlikka tasir qiladi.

Şuningdek, xabarlarga köra, Taşiyev öz bayonotida yaqin dösti – Prezident Japarovga kiçik messej ham yöllagan.

“Döstlikning muqaddas ahdini har qanday şaroitda ham saqlaş orqali biz kelajak avlodga namuna bölamiz!”, deb aytgan yaqindagina davlat töntarişida aybdor deb topilgan Taşiyev.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qamçibek Taşiyev MXDQ raisi lavozimidan ketganidan söng u 2027 yilning yanvar oyida bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida iştirok etişni rejalaştirgani haqidagi talqinlar bildirilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: