Jazoirda bolalar uyi yonib ketdi. 10 dan ortiq qurbon bor
Jazoir poytaxti yaqinidagi bolalar uyida sodir bölgan yonğin oqibatida kamida 11 kişi halok bölib, yana 19 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa bugun, 16 iyul mahalliy vaqt bilan 03:30 da Jazoir poytaxtining şarqidagi Muhammadiya kommunasida joylaşgan bolalar uyida yuz bergan. Malumotlarga köra, yonğin oqibatida qurbonlar soni 11 nafarga yetgan, jarohatlanganlar esa 19 kişini taşkil qilgan. Qutqaruv xizmatlari voqea joyiga yetib borgan. Yonğinni bartaraf etiş uçun oltita yonğin öçiriş maşinasi, oltita tez yordam brigadasi hamda maxsus texnikalar jalb qilingan.
Dastlab hodisa oqibatida 16 kişi jarohat olgani malum qilingan. Keyinçalik jabrlanganlar soni oşgan. Ularning ayrimlari kuyiş jarohatlari olgan, bazilarida tutundan zaharlaniş va nafas oliş bilan boğliq muammolar kuzatilgan. Şuningdek, qutqaruvçilar yordamga muhtoj bölgan beş kişini binodan olib çiqib, xavfsiz hududga evakuatsiya qilgan.
Hozirda yonğin sabablari örganilmoqda. Qutqaruvçilar bino hududida qidiruv va tekşiruv işlarini davom ettirmoqda. Jazoir Boş vaziri Sifi Ğreb şifoxonaga borib, jarohatlanganlarning holidan xabar olgan.
Takidlaş joiz, sönggi kunlarda Jazoirda kuçli issiq tölqinlari kuzatilmoqda. Bu esa mamlakat böylab köplab yonğinlar yuzaga kelişiga sabab bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning janubi-şarqidagi Futszyan viloyatida joylaşgan poyabzal fabrikasida çiqqan yonğin oqibatida kamida 28 kişi halok bölgan edi.