19 kişini olib ketayotgan qayiq çökib ketib, 1 kişi halok böldi
AQŞning Kaliforniya ştatidagi San-Frantsisko körfazida, Alkatraz oroli yaqinida 19 kişini olib ketayotgan ponton qayiği çökib ketişi oqibatida bir kişi halok böldi, yana ikki kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa 14 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:30 atrofida sodir bölgan. San-Frantsisko yonğin xizmati boşliği Din Krispenning aytişiça, voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvçilar uç qavatli ponton qayiğini deyarli töliq suv ostida qolgan holatda aniqlagan. Qayiq dvigateli hali ham işlab turgan, undan yoqilği sizib çiqqan.
Dastlab hodisa qayiqdagi yonğin sifatida baholangan, biroq keyinçalik mutaxassislar buni tasdiqlovçi dalillar topilmaganini malum qilgan.
Hodisa oqibatida 16 kişi qutqarilgan. Ulardan uç nafari turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Sovuq suvdan çiqarib olingan bir kişi şifokorlar say-harakatlariga qaramay vafot etgan. Qayiq bortidagi it ham nobud bölgan.
Hozirda AQŞ Sohil xavfsizlik xizmati, San-Frantsisko yonğin xizmati hamda boşqa qutqaruv bölinmalari ikki nafar bedarak yöqolgan yölovçini qidirişni davom ettirmoqda. Qidiruv işlariga ğavvoslar, vertolyotlar va 11 ta qutqaruv kemasi jalb etilgan.
Guvohlarning aytişiça, hodisa vaqtida körfazda kuçli şamol va tölqin kuzatilgan. Sayyohlarni olib ketayotgan Bass-Tub kemasi kapitani Aron Anfinsonning sözlariga köra, ular yordam söragan kiçik qayiq ekipaji işorasi bilan voqea joyiga yetib borganida ponton qayiği çökayotgan, ayrim yölovçilar esa allaqaçon suvga tuşib ketgan edi. Qutqaruvçilar va yaqin atrofdagi kemalar yölovçilarga qutqaruv jiletlarini tarqatib, ularni suvdan olib çiqişga yordam bergan.
Hodisa sabablari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 iyul kuni Vetnamning janubidagi Fukuok oroli yaqinida hindistonlik sayyohlar ketayotgan kater ağdarilib ketişi oqibatida 15 kişi halok bölgan edi.