Ukraina Rossiyaning logistika markazlarini bombardimon qildi. Qurbonlar bor
Bugun, 18 iyulga ötar keçasi Ukraina dronlari Rossiyaning Tambov va Moskva viloyatlaridagi logistika markazlariga hujum qildi. Oqibatda kamida 7 kişi halok böldi, önlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Tambov viloyati gubernatori Yevgeniy Pervişovning malum qilişiça, dronlar Kotovsk şahridagi Wildberries logistika markaziga zarba bergan. Hujum oqibatida tungi smenada işlagan 7 nafar xodim halok bölgan. Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi malumotiga köra, 25 kişi jabrlangan. Ulardan 22 nafari şifoxonaga yotqizilgan, 5 nafari oğir ahvolda, yana 3 kişiga ambulator tibbiy yordam körsatilgan.
Malum qilinişiça, ombor hududidagi oçiq yonğin bartaraf etilgan bölsa-da, yonğinni töliq öçiriş işlari davom etmoqda.
Wildberries matbuot xizmati dronlar kompaniyaning Moskva viloyatidagi Elektrostal şahrida joylaşgan logistika markaziga ham hujum qilganini tasdiqlagan. Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning bildirişiça, uşbu hujum oqibatida 24 kişi jarohat olgan, ularning bir qismi oğir ahvolda. Omborda yuzaga kelgan yonğinni öçiriş işlari davom etmoqda.
Şuningdek, Vorobyov dronlar hujumi oqibatida Noginsk şahridagi neft bazasida ham yonğin kelib çiqqanini malum qilgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan neft bazasi yaqinida joylaşgan tuğuruqxona evakuatsiya qilingan.
Bundan taşqari, Vladimir viloyati gubernatori Aleksandr Avdeyevning malum qilişiça, dronlardan biri Vladimir şahridagi köp qavatli uy xonadoniga urilgan va yonğin yuzaga kelgan. Dastlabki malumotlarga köra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukraina hujumlariga javoban Rossiya qöşinlari yuqori aniqlikdagi qurollar va dronlar yordamida faqat Ukraina harbiy obektlari hamda harbiy-sanoat korxonalariga zarbalar berayotganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Ukrainaning Nikolayev şahridagi port infratuzilmasiga dronlar bilan hujum qilişi oqibatida çet el bayroği ostidagi kemada bölgan ikki nafar Ukraina fuqarosi halok bölgan edi.