USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi. Qurbonlar bor

232 марта
Украина Россияга юзлаб дронлар билан ҳужум қилди. Қурбонлар бор

Ukrainaning bugun, 13 iyulga ötar keçasi amalga oşirgan dron hujumlari oqibatida Rossiyaning bir neça hududida kamida 4 kişi halok böldi, yana 5 kişi jarohatlandi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning bildirişiça, eng oğir hujum poytaxtdan qariyb 40 kilometr ğarbda joylaşgan Pionerskiy qişloğida sodir bölgan. Oqibatda 3 kişi halok bölgan, bir neçta xonadonda yonğin yuzaga kelgan.

Gubernatorga köra, Moskva atrofidagi öndan ortiq şahar va qişloq ham tungi hujum nişoniga aylangan. Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari Moskva viloyati osmonida 81 ta dronni urib tuşirgan.

Moskva meri Sergey Sobyanin 12 iyul oqşomidan buyon Moskva va uning atrofidagi hududlar uzra 350 ta Ukraina droni aniqlanganini malum qilgan. Uning aytişiça, ularning aksariyati tutib qolingan, şahar hududida esa talafot yoki vayronagarçilik qayd etilmagan.

Tungi hujumlar sabab Moskvaning törtta yirik aeroportida parvozlarga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilgan. Keyinçalik aeroportlar iş faoliyatini tiklagan. Belgorod viloyatida dron hujumi oqibatida bir ayol halok bölgan.

Stavropol ölkasi gubernatori Vladimir Vladimirovning malum qilişiça, dron zarbasi oqibatida “Rosneft” neft bazasi joylaşgan qişloqdagi sanoat zonasida yonğin çiqqan.

Rossiya Mudofaa vazirligi malumotiga köra, 13 iyulga ötar keçasi Rossiya hududlari va anneksiya qilingan Qrim uzra jami 342 ta Ukraina droni tutib qolingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning kamida uçta hududidagi neft infratuzilmasiga hujum qilgan edi. Şuningdek, Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Azov dengizida Rossiyaga tegişli 12 ta tanker, bitta buksir va bitta quruq yuk kemasiga zarba bergandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: