Ukraina Moskvaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi
Ukraina bir keça davomida Moskvaga 430 dan ortiq uçuvçisiz uçiş apparatini uçirdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Moskva meri Sergey Sobyaninning bildirişiça, mudofaa kuçlari dronlarning asosiy qismini Moskva viloyatiga yetib borişidan avval urib tuşirgan. Poytaxtga yaqinlaşgan yana 36 ta dron zararsizlantirilgan.
Hujumlar sabab Moskvaning Şeremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida tungi vaqtda parvozlarga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa bir keça davomida mamlakatning turli hududlari uzra jami 452 ta Ukraina droni urib tuşirilganini malum qilgan.
Şu bilan birga, Belgorod viloyati ham raketa hujumiga uçragan. Viloyat gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksandr Şuvayevning malum qilişiça, raketalarning aksariyati urib tuşirilgan bölsa-da, fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetgan.
Dastlab uç kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan. Keyinçalik, Şuvayev Belgorod okrugidagi Belovskoye qişloğida bir nafar tinç aholi vakili halok bölganini malum qilgan. Şuningdek, Belgorod şahridagi infratuzilma obektlaridan birida yonğin yuzaga kelgan. Qaysi obekt zarba ostida qolgani oçiqlanmagan.
Eslatib ötamiz, 6 iyul kuni Ukraina Rossiyaning eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri Omskka zarba bergan edi.