Hindistonda 12 yaşar bola timsohga yem böldi
Joriy yilning 16 iyul kuni Hindistonning Uttar-Pradeş ştatida timsoh 12 yaşar bolani yeb qöydi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, hodisa Bahraiç tumanidagi Ğağhara daryosi böyida sodir bölgan. Oltinçi sinf öquvçisi amakisi bilan şoli dalasida işlagandan söng, uyiga qaytayotib daryo böyida qöl va oyoqlarini yuvayotgan vaqtda timsoh hujumiga uçragan.
Qayd etilişiça, timsoh bolaning oyoğidan tişlab, uni daryoga sudrab ketgan. Şundan söng, mahalliy aholi qidiruv işlarini boşlab, taxminan beş soatdan keyin bolaning jasadini daryodan topgan.
Bahraiç tumani örmon xöjaligi vakillariga köra, timsoh bolaning jasadini qisman yeb yuborgan. Mahalliy politsiya hodisani hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan voqea aks etgan videoning haqiqiyligini tasdiqlagan.
Bildirilişiça, halok bölgan bolaning ota-onasi bir neça yil avval vafot etgan. Tuman mamuriyati uning oilasiga davlat kompensatsiyasi dasturi doirasida 400 ming rupiy miqdorida moddiy yordam ajratilişini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ğarbiy Avstraliyaning Pert şahri yaqinidagi maşhur dayving va baliq ovlaş hududida 38 yoşli erkak oq akula hujumi oqibatida vafot etgandi.