Hindistonda 1 yoşli bola 70 sm kobrani ğajib taşladi
29-07-2025, 18:12
954 марта
Hindistonda 1 yoşli bola 70 sm kobrani ğajib taşladiBir yoşli bola uyida öynayotganida kobrani öyinçoq deb öylab tişlab olib, uni ikkiga bölib taşlagan.
Hindistonning Bixar ştatidagi Ğarbiy Çamparan qişloğida 1 yoşli bola öyin paytida 70 santimetrli kobrani ğajib taşladi. Bu haqda Hindustan Times gazetasi xabar berdi.
"Bixar ştatining Bettiax tumanida sodir bölgan şov-şuvli hodisada bir yoşli bola uyida öynayotganida kobrani öyinçoq deb öylab tişlab olgan," - deyiladi naşr xabarida.
Aniqlanişiça, bola sudralib yuruvçini tişlab ikkiga bölib taşlagan. Şundan söng ilon ölgan.
Gazeta malumotlariga köra, bola birlamçi tibbiy yordam markaziga yetkazilgan. Keyinçalik bola davolaniş uçun boşqa tibbiyot muassasasiga yuborilgan.
Qayd etilişiça, bolada zaharlaniş alomatlari yöq, biroq u davolanişda davom etmoqda. Bolaning hayoti xavf ostida emas.