USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Eron bilan katta uruşga tayyorgarlik körmoqda – WP

289 марта
АҚШ Эрон билан катта урушга тайёргарлик кўрмоқда – WP

Amerika Qöşma Ştatlari Eronga qarşi harbiy harakatlarni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “The Waşington Post” xabar berdi.

Manbalarning malumotlariga köra, sönggi bir hafta içida Eron zarbalari oqibatida tört nafar amerikalik harbiy halok bölganidan keyin keng kölamli operatsiya rejasi muhokama qilinmoqda.

“Pentagon yanada yirikroq uruşni rejalaştirmoqda”, deya malum qilgan naşr manbalaridan biri anonimlik şarti bilan.

Şu bilan birga, “The Waşington Post” manbasining sözlariga köra, Yaqin Şarqdagi amerikalik harbiylarning havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlari uçun raketalari va uzoq masofali öq-dorilari zaxirasi tugab bormoqda, harbiy infratuzilmaga yetkazilgan zarar tufayli esa resurslarni qayta joylaştiriş qiyinlaşgan. Uning aytişiça, AQŞ quruqlikdagi operatsiya boşlangan taqdirda Eron zarbalarini samarali qaytarişga ham tayyor emas.

“Bizda operatsiyalarni xavfsiz qöllab-quvvatlaş uçun mablağ va vositalar yetarli emas va Oq uy bundan xabardor deb öylamayman”, deydi u.

Hozirça esa AQŞ ketma-ket töqqizinçi kun Eron hududiga zarbalar bermoqda. AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) bayonotida aytilişiça, “qömondonlik markazlari, HHM va qirğoq kuzatuvi obektlari, dengiz obektlari, raketa va uçuvçisiz uçiş apparatlarini uçiriş maydonçalari, şuningdek, aloqa tarmoqlari” nişonga olingan. Zarbalardan maqsad Eronning Hormuz böğozidagi tijorat kemalariga hujum qiliş imkoniyatlarini yanada kamaytiriş.

Eron rasmiylari esa, öz navbatida, AQŞning Quvaytdagi bazalariga zarbalar berilganini malum qilgan. Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIMK) bayonotiga köra, uşbu hujumlar davomida öq-dori omborlari, şuningdek, radarlar, jumladan, “Patriot” zenit-raketa majmualarining radarlari şikastlangan.

Malumot uçun, 17 iyul kuni Eronning Iordaniyadagi aviabazaga bergan zarbasi oqibatida ikki nafar amerikalik harbiy xizmatçi halok bölgan. Amerika qömondonligining bildirişiça, öşa yerda şaxsi hozirça aniqlanmagan yana bir halok bölgan kişining jasadi topilgan. 

“The Waşington Post” naşrining yozişiça, gap katta ehtimol bilan yana bir amerikalik harbiy haqida ketmoqda. Bundan taşqari, CENTCOM 18 iyul kuni urib tuşirilgan Eron dronining öq-dorisini zararsizlantiriş paytida yana bir harbiy xizmatçi halok bölganini xabar qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Eronning Bandar-Abbosdagi eng muhim portini boşqa hududlardan uzib qöygani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: