USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pentagon Eronga qöşin kiritişga faol tayyorgarlik boşladi

478 марта

Pentagon Eronga qöşin kiritişga faol tayyorgarlik boşladi

AQŞ Mudofaa vazirligi (Pentagon) Amerika quruqlikdagi qöşinlarini Eronga yuboriş ehtimoliga faol tayyorgarlikni boşladi. Bu haqda muhokamalar jarayonidan xabardor bir neçta manbalarga tayanib, CBS xabar berdi.

Telekanal suhbatdoşlariga köra, yuqori martabali harbiy mulozimlar allaqaçon uşbu stsenariy böyiça aniq sörovlar yuborgan, çunki Prezident Donald Tramp Eronga qarşi uruşda şu kabi qadamlarni körib çiqmoqda.

Tayyorgarlik doirasida amerikalik harbiylar, xususan, Eron askarlari va harbiylaştirilgan tuzilmalar jangarilarini qölga oliş hamda asirlar qayerga yuborilişini belgilaş böyiça yiğilişlar ötkazgan. Rejalaştiriş jarayonida Quruqlikdagi qöşinlarning tezkor harakat qiliş kuçlari va Dengiz piyodalari korpusining ekspeditsion bölinmalari iştirok etmoqda.

Şu bilan birga, Trampning özi 19 mart kuni jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, avvaliga Eronda quruqlikdagi operatsiya ötkaziş niyati yöqligini aytdi, ammo darhol: “Agar men buni qilganimda ham, sizga albatta aytmagan bölardim”, deb qöşib qöydi.

Uşbu vaziyat fonida AQŞ Yaqin Şarqdagi harbiy iştirokini kuçaytirmoqda. Ikki nafar amerikalik mulozimning malumotiga köra, şu hafta boşida Kaliforniyadan uçta harbiy kema va ekspeditsion bölinmaning qariyb 2200 nafar dengiz piyodasi yölga çiqqan. Bu uruş boşlanganidan beri mintaqaga yuborilgan ikkinçi şunday bölinmadir, deb qayd etadi CBS.

“Reuters”ga köra, Tramp Eronda dengiz piyodalaridan foydalanişning bir neça variantlarini körib çiqmoqda: Hormuz böğozi orqali tankerlarning xavfsiz ötişini taminlaş uçun Eron qirğoqlarida pozitsiyalarni egallaş, Xarg orolini (Eron neft eksportining asosiy markazi) qölga oliş, şuningdek, yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini qölga kiritiş böyiça operatsiya.

Oq uy agentlik bilan suhbatda quruqlikdagi qöşinlarni yuboriş böyiça hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini, biroq Prezident “barça variantlarni donolik bilan öylab körayotganini” takidlagan. Hozirda AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy guruhi tarkibi qariyb 50 ming askarni taşkil etmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: