Hindistonda kuçli yomğir ortidan 25 kişi halok böldi
Hindistonning şimoliy va şimoli-şarqiy hududlarida kuçli yoğingarçilik oqibatida yuzaga kelgan suv toşqinlari va köçkilar sabab kamida 25 kişi halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Malumotlarga köra, Hindiston nazoratidagi Kaşmirning Punç, Rajuri va Doda tumanlarida sodir bölgan alohida hodisalarda 15 kişi hayotdan köz yumgan. Yana bir neça kişi bedarak yöqolgan. Nagalend ştatida köçkilar oqibatida tört kişining jasadi topilgan. Assam ştatida esa suv toşqinlari bir kişining ölimiga sabab bölgan. Kuçli yoğingarçilik oqibatida ştatning yetti tumanida 57 mingdan ortiq aholi zarar körgan.
Hindiston meteorologiya xizmati mamlakatning şimoli-ğarbiy, şarqiy va şimoli-şarqiy hududlarida yaqin 6–7 kun davomida faol musson yoğinlari saqlanib qolişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Qöşni Nepalda ham musson mavsumi oqibatida vaziyat oğirlaşgan. Iyun örtalaridan buyon suv toşqinlari, köçkilar va çaqmoq urişi oqibatida 27 kişi halok bölgan, bir kişi bedarak yöqolgan, yana 69 kişi jarohat olgan.
Köçkilar sabab mamlakatning bir qança avtomobil yöllari, jumladan, Katmanduni janubiy hududlar bilan boğlovçi magistrallar vaqtinça yopilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada kuzatilgan kuçli momaqaldiroq va böronlar oqibatida kamida ikki kişi halok bölgan edi.