Wildberries omborida qurol bölganmi? Peskov bayonot berdi
Joriy yilning 18 iyul kuni Ukraina Qurolli kuçlari Rossiyadagi Wildberries omborlariga zarba bergan edi. Hujumdan söng Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur zarbalarga sabab sifatida Wildberries omborlarida dron işlab çiqariş va navigatsiya uskunalari uçun foydalanilişi mumkin bölgan komponentlar saqlanganini körsatdi.
“Bu obektlarda Rossiyaning harbiy salohiyatiga yordam beruvçi mahsulotlar bölgan”, degan mazmunda bayonot bergan Ukraina rahbari.
Bugun, 21 iyul kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevning davolari haqiqatga töğri kelmasligini bildirdi.
“Unday emas. Kiyev rejimi tinç obektlarga zarba bermoqda. Bu Kiyev rejimining terrorçilik mohiyatini körsatadi”, deydi Peskov.
U, şuningdek, omborlarga qilingan hujumlar oqibatida Wildberries kompaniyasi hamda kiçik va örta biznes vakillari zarar körgani sabab vaziyat murakkab ekanini aytgan.
“Tilga olingan kompaniyaga kelsak, vaziyat oson emas. Çunki zarar kompaniyaning öziga ham, kiçik biznes vakillariga ham yetdi”, degan Kreml vakili.
Peskovning sözlariga köra, Rossiya hukumati kompaniya bilan aloqada va zarar körgan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş masalasi bilan şuğullanmoqda.
Malum qilinişiça, Rossiya Tergov qömitasi mazkur hujumlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (terrorizm akti) böyiça jinoyat işlarini oçgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Qurolli kuçlarining Rossiyadagi Wildberries omborlariga uyuştirgan hujumlari oqibatida Qirğizistonning ikki fuqarosi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.