Ukraina böyiça muzokaralarning uçinçi bosqiçi ötkaziladi – Peskov
13-02-2026, 18:51
118 марта

Ukraina böyiça muzokaralarning uçinçi bosqiçi ötkaziladi – Peskov
Bugun, 13 fevral kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya, AQŞ va Ukraina vakillari örtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqiçi 17–18 fevral kunlari bölib ötişini malum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Uning sözlariga köra, uçraşuv Jenevada uç tomonlama formatda taşkil etiladi. Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi. Avvalgi ikki uçraşuvda delegatsiyaga Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmasi boşliği Igor Kostyukov boşçilik qilgan edi.
Joriy yilning yanvar oyi oxiri va fevral oyining boşlarida Abu-Dabida Moskva, Kiyev va Vaşington vakillari iştirokida işçi guruhning yopiq muzokaralari ötkazilgandi. Unda AQŞ tomonidan taklif etilgan tinçlik rejasidagi oçiq qolayotgan masalalar muhokama qilingan.
Ikkinçi bosqiç yakunida tomonlar harbiy asirlar almaşinuvi böyiça kelişuvga erişgan. Uşbu kelişuvlar yuzasidan muhokamalar davom etmoqda.