USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya va Ukraina örtasidagi navbatdagi muzokaralar qaçon bölişi aytildi

328 марта

Rossiya va Ukraina örtasidagi navbatdagi muzokaralar qaçon bölişi aytildi

AQŞ vositaçiligida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari örtasidagi navbatdagi muzokaralar 1 fevral kuni Abu-Dabida bölib ötadi. Bu haqda AQŞning ismi oşkor etilmagan rasmiysi OAV vakillari bilan telefon brifingida malum qildi.

U Abu-Dabida ötkazilgan Rossiya va Ukraina örtasidagi dastlabki töğridan töğri muzokaralarni “katta qadam” deb atadi.

AFP keltirgan iqtibosga köra, AQŞ vakili tomonlar örtasida özaro hurmat sezilganini takidlagan.
“Zalda tomonlar bir-biriga nisbatan katta hurmat körsatdi, çunki ular çindan ham yeçim topişga intildi. Biz masalalarni eng mayda jihatlarigaça muhokama qildik. Xudo xohlasa, kelasi yakşanba kuni (1 fevral) yana bir uçraşuv bölib, bu kelişuvni yakuniy bosqiçga olib çiqamiz”, degan u.
Keyinroq bu bahoni AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ham tasdiqlagan.
“Muzokaralar juda konstruktiv ötdi, kelasi hafta Abu-Dabida muzokaralarni davom ettiriş rejalaştirilgan”, deb yozgan u X ijtimoiy tarmoğida.
AQŞ rasmiysining malum qilişiça, 22 yanvar kuni Moskvada Stiv Uitkoff, AQŞ Prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner hamda Oq uyning katta maslahatçisi Joş Gryuyenbaum Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan tört soat davom etgan uçraşuv ötkazgan.

Uşbu uçraşuv juda samarali bölgan, unda hal etilmay qolgan masalalar muhokama qilingan.

Uçraşuv yakunida Rossiya Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov muzokaralarda hududiy masala muhim örin tutganini aytdi. Uning sözlariga köra, Ankoridj formulasi asosida hududiy masala hal etilmas ekan, uzoq muddatli kelişuvga erişiş qiyin.
Rossiya, Ukraina va AQŞ vakillari örtasidagi muzokaralar 23–24 yanvar kunlari Abu-Dabida yopiq eşiklar ortida bölib ötdi. Ukraina delegatsiyasiga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustam Umarov rahbarlik qildi. Muzokaralarda Prezident devoni rahbari Kirill Budanov ham iştirok etdi.
Rossiya delegatsiyasiga Mudofaa vazirligi vakillari, jumladan Boş ştab Boş boşqarmasi rahbari Igor Kostyukov boşçilik qildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokaralarni ijobiy baholab, muhokamalar konstruktiv bölganini aytdi. Uning sözlariga köra, tomonlar uruşni yakunlaş şartlari va Ukraina xavfsizlik kafolatlari masalasini muhokama qilgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: