Rossiya, Ukraina va AQŞ örtasida yangi bosqiçdagi muzokaralar boşlandi
4-02-2026, 22:14
209 марта

Rossiya, Ukraina va AQŞ örtasida yangi bosqiçdagi muzokaralar boşlandi
Bugun, 4 fevral kuni Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida Rossiya, Ukraina va Amerika Qöşma Ştatlari iştirokida uç tomonlama tinçlik muzokaralarining yangi bosqiçi boşlandi. Bu haqda Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustam Umarov malum qildi.Uning aytişiça, muzokaralar dastlab uç tomonlama formatda ötkaziladi. Keyinçalik tomonlar alohida işçi guruhlarga bölinib, aniq yönalişlar böyiça muzokaralarni davom ettiradi. Söngra pozitsiyalarni yana muvofiqlaştiriş rejalaştirilgan.
TASS xabariga köra, muzokaralar yopiq formatda ötkazilmoqda va matbuot uçun heç qanday tadbir rejalaştirilmagan. Uçraşuvda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya Qurolli Kuçlari Boş razvedka boşqarmasi rahbari Igor Kostyukov boşçilik qilmoqda. AQŞ tomonidan Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kuşner iştirok etmoqda. Ukraina delegatsiyasi tarkibida esa Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustam Umarov hamda Prezident apparati vakillari bor.
Malumot uçun, uç tomonlama muzokaralarning birinçi bosqiçi 23-24 yanvar kunlari Abu-Dabida yopiq eşiklar ortida bölib ötgan edi. AQŞ rasmiylariga köra, tinçlik rejasi doirasidagi hududiy masala muzokaralarning markazi hisoblanadi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa bu masala faqat Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan şaxsiy uçraşuvda hal etilişi mumkinligini bildirgan.