Qozoğistonning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev bugun, 22 iyul kuni mamlakatning Özbekistondagi yangi elçisini tayinladi. Bu haqda “Aqorda” xabar berdi.
Töqayevning bugun, 22 iyuldagi farmoni bilan Yerali Tuğjanov Qozoğiston Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi etib tayinlangan.
Yerali Tuğjanov 1963 yil 13 may kuni Ğarbiy Qozoğiston viloyatida tuğilgan. U 1988 yilda Qarağanda davlat universitetini, 1994 yilda esa Qozoğiston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini tamomlagan. Yerali Tuğjanov huquq fanlari nomzodi va siyosatşunoslik doktori.
U mehnat faoliyatini 1980 yilda örmon xöjaligida işçi sifatida boşlagan. Keyinçalik Qarağanda davlat universitetida öqituvçi, Qozoğiston davlat yuridik universitetida dekan va institut direktori lavozimlarida işlagan.
2001–2006 yillarda Qarağanda viloyati hokimi örinbosari, 2006–2008 yillarda Adliya vazirligining Din işlari qömitasi raisi, 2008–2017 yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Qozoğiston Xalqlari assambleyasi raisi örinbosari va kotibiyati rahbari bölgan.
2017–2019 yillarda Manğistau viloyati hokimi, 2019–2020 yillarda Qozoğiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi lavozimida işlagan. 2020–2022 yillarda Qozoğiston Boş vaziri örinbosari, 2022–2023 yillarda esa Aqtöbe viloyati hokimi bölgan. 2024 yil may oyidan boşlab Qozoğiston Boş vazirining maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritgan.