Abdulla Abduqodirov lavozimidan ozod etildi
Bugun, 10 iyul kuni Abdulla Mamasaatoviç Abduqodirov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvçisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tegişli farmonni imzoladi.
Malumot uçun, Abdulla Abduqadirov Mamasaatoviç 1961 yil 19 fevralda Toşkent şahrida tuğilgan bölib, 1982 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan. Abduqodirov iqtisodiyot fanlari doktori, iqtisodiyot sohasida köp yillik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.
Mehnat faoliyatini Fanlar akademiyasi Iqtisod institutida ilmiy xodim sifatida boşlagan. Keyinçalik Moliya vazirligida turli rahbarlik lavozimlarida işlagan, jumladan vazir örinbosari va vazirning birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Şuningdek, Davlat mulk qömitasi raisining birinçi örinbosari, Qimmatli qoğozlar bozorini rivojlantiriş va takomillaştiriş markazi boş direktori lavozimlarida işlagan. Faoliyati davomida xususiy sektor va bank tizimida ham işlagan, xususan ABN AMRO bankining Özbekistondagi filialida boşqaruv raisi örinbosari, Infinbank kuzatuv kengaşi azosi bölgan.
Sönggi yillarda investitsiyalar va strategik rivojlaniş yönalişida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020–2022 yillarda investitsiyalar va taşqi savdo vaziri maslahatçisi bölib işlagan.
2022 yil dekabridan agentlik direktorining birinçi örinbosari lavozimida işlagan. Prezidentning joriy yil 12 maydagi farmoni bilan Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.