USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tunnel qulaşi oqibatida 12 işçi halok böldi

174 марта
Туннель қулаши оқибатида 12 ишчи ҳалок бўлди

Hindistonning şimoli-şarqidagi Sikkim ştatida qurilayotgan tunnelda gaz portlab, uning bir qismi quladi. Hodisa oqibatida kamida 12 işçi halok böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 20 iyul kuni sodir bölgan. Ayni paytda tunnel içida qolib ketgan yana 13 nafar işçini qidiriş-qutqariş işlari davom ettirilmoqda.

Malumotlarga köra, portlaş tunnelning taxminan 1,5 kilometr içkarisida sodir bölgan. Qurilayotgan uşbu tunnel Testa daryosidan gidroelektrostantsiya turbinalariga suv yetkazib beriş uçun möljallangan bölib, u davlatga qaraşli Milliy gidroelektrostantsiyalar korporatsiyasi tomonidan amalga oşirilayotgan yirik loyiha tarkibiga kiradi.

Hodisa toğ jinslari orasida töplanib qolgan metan gazining tösatdan portlaşi oqibatida yuz bergan. Portlaş natijasida ziç tutun va zaharli gazlar tarqalgan.

Sikkim hukumati ham avariya metan gazining yonişi sababli sodir bölganini malum qilgan.

Qayd etilişiça, hodisa vaqtida tunnelning turli qismlarida jami 27 nafar işçi bölgan. Ulardan ikki nafari taşqariga çiqişga ulgurgan, qolgan 25 kişi esa içkarida qolib ketgan.

Politsiya boşliği Sonam D. Bxutianing aytişiça, hozirgaça 12 nafar işçining jasadi topilgan. Qutqaruvçilar yana 13 kişini izlaş işlarini davom ettirmoqda.

Huquq-tartibot idoralari yetti nafar marhumning şaxsini aniqlagan. Ularning biri Sikkim ştatidan, qolganlari esa Ğarbiy Bengaliya, Uttarakxand va Assam ştatlaridan bölgan migrant işçilar ekani aytilmoqda.

Rasmiylarning takidlaşiça, halok bölganlarning ölim sababi sud-tibbiy ekspertizadan söng aniqlanadi.

Hindiston Milliy tabiiy ofatlarga javob beriş kuçlari vakillari qutqaruv işlari işçilar bölişi mumkin bölgan 200 metrlik hududda olib borilayotganini bildirgan.

Sikkim ştati boş vaziri Prem Singx Tamang hodisa sabablarini örganiş uçun maxsus tergov guruhi tuzilganini malum qildi.

“Voqea qanday sodir bölganini aniqlaş uçun mutaxassislar guruhi jalb qilindi. Tekşiruv natijalariga köra tegişli çoralar köriladi”, dedi Tamang.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindistonning şimoliy va şimoli-şarqiy hududlarida kuçli yoğingarçilik oqibatida yuzaga kelgan suv toşqinlari va köçkilar sabab kamida 25 kişi halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: