Xitoy Tayvan böğozida jangovar maşğulotlarni boşladi
Bugun, 23 iyul kuni Xitoy Futszyan viloyati sohillari yaqinidagi Tayvan böğozining ayrim hududlarida ikki kun davom etadigan jangovar öq otiş maşqlarini boşladi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.
Maşqlar AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va Xitoy Taşqi işlar vaziri Van I örtasida Tayvan masalasi ham muhokama qilingan muzokaralardan bir kun ötib boşlanmoqda.
Dengiz mamuriyati xabariga köra, maşqlar har ikki kunda mahalliy vaqt bilan soat 06:00 dan 18:00 gaça Futszyan viloyatiga tutaş Dunşan oroli atrofida, Guandun viloyati çegarasi yaqinida ötkaziladi.
Xitoy sönggi marta ötgan yil dekabr oyida Tayvanni deyarli töliq qurşab olgan eng yirik harbiy maşqlarini ötkazgan edi. Bu AQŞ orol uçun rekord darajadagi 11,1 milliard dollarlik qurol-yaroğ paketi ajratilişini elon qilganidan keyin amalga oşirilgan.
Öşanda 10 soat davom etgan jangovar öq otiş maşqlari çoğida Xitoyning Şarqiy harbiy qömondonligi Tayvanning şimoli va janubidagi suv hududlariga raketalar uçirgan edi.
Eslatib ötamiz, joriy yil may oyida Xitoy Taşqi işlar vazirligi vakili Tayvan AQŞ yordamida mustaqillikka erişa olmasligini aytgan edi. Uning sözlariga köra, Tayvan heç qaçon davlat bölmagan – na ötmişda, na kelajakda davlatga aylanmaydi.