Tayvan böğozi atrofida keskinlik: Xitoy apreldan beri ilk yirik maşqni ötkazadi
29-12-2025, 10:24
76 марта

Xitoy harbiylarining bayonotida aytilişiça, bu “Tayvan mustaqilligi” manfaatlari yölida harakat qilayotgan separatist kuçlar va Tayvan işlariga aralaşayotgan taşqi kuçlar uçun jiddiy ogohlantiriş” bölib, “Xitoyning suvereniteti va milliy birligini himoya qiliş uçun qonuniy va zarur çora” hisoblanadi.
Hujjatda qayd etilişiça, maşqlar “dengiz va havoda jangovar tayyorgarlik patrullarini tayyorlaş, integral nazorat örnatiş, asosiy portlar va hududlarni tösib qöyiş hamda köp ölçamli tiyib turiş amaliy işlarini bajariş”ga qaratilgan.
Dpa agentligi takidlaşiça, bu — aprel oyidan beri Xitoyning Tayvan sohillari yaqinida ötkazayotgan ilk yirik harbiy maşqlaridir.
Qurol yetkazib beriş haqidagi elon Pekin Tayvanga nisbatan harbiy va diplomatik bosimni kuçaytirayotgan bir paytda yangradi. Xitoy Tayvanni özining isyonkor provintsiyasi deb hisoblaydi. XXR unga kuç işlatiş bilan tahdid qilmoqda.
Pekin Tayvanga qurol sotiş rejasini tanqid qildi. Xitoy TIV malum qilişiça, bu qadam Xitoy va AQŞ örtasidagi diplomatik kelişuvlarni buzadi, XXRning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga jiddiy ziyon yetkazadi hamda mintaqaviy barqarorlikni izdan çiqaradi.
Taxminan 23 million aholisi bor Tayvan — qisman tan olingan demokratik davlat. Rasmiy Pekin uni “isyonkor provintsiya” va Xitoy Xalq Respublikasi hududining bir qismi deb hisoblaydi. Orol hokimiyati Pekin 1980-yillardan beri ilgari surib kelayotgan “bir mamlakat — ikki tizim” modelini rad etadi. Sönggi yillarda Xitoy orol sohillari yaqinida köp bor yirik harbiy maşqlar ötkazgan, qator harbiy tahlilçilar buni ehtimoliy bosqinga tayyorgarlik deb baholagan. Tayvanni materik Xitoydan ajratib turadigan böğozdan boşqa davlatlar harbiy kemalarining ötişi Pekinda provokatsiya sifatida qabul qilinadi.
XXR raisi Si Jinping bir neça bor Tayvanni materik Xitoy bilan “qayta birlaştiriş” haqida gapirgan va Pekinning orol ustidan suverenitet örnatiş muddati sifatida 2027 yilni atagan. Trampning ikkinçi prezidentlik muddati esa 2029 yil boşida tugaşi kerak