Tayvan Xitoyga qarşi turiş uçun mudofaaga qöşimça 40 mlrd dollar yönaltirdi
26-11-2025, 20:31
120 марта

Tayvan Xitoyga qarşi turiş uçun mudofaaga qöşimça 40 mlrd dollar yönaltirdi
Tayvan prezidenti Lay Çing-te Xitoyning potentsial tajovuzidan himoyalanişni kuçaytiriş maqsadida qurol-yaroğ xaridini tezlaştiriş uçun qöşimça 40 milliard dollar (taxminan 1,25 trillion Tayvan dollari) mablağ ajratilişini malum qildi. Bu haqda Deutsçe Welle xabar berdi.Byudjet maqsadi
26 noyabr kuni elon qilingan bu byudjet Tayvanning harbiy tayyorgarlik darajasini 2027 yilgaça yuqori darajaga kötarişni maqsad qilgan. Lay Çing-te bundan bir kun avval Waşington Post naşrida çop etilgan maqolada bu xarajatlar demokratik Tayvanni himoya qilişga qaratilganini takidlagan.
Lay, ayni paytda, Pekinni demokratik Tayvanni “Xitoy Tayvani”ga aylantirişga urinayotganlikda ayblamoqda.
“Milliy xavfsizlik borasida murosaga örin yöq. Tajovuz oldida yon beriş qullikdan boşqa narsa emas. Milliy suverenitet, erkinlik va demokratiyaning asosiy qadriyatlari mamlakatimizning poydevoridir”, degan Lay matbuot anjumanida.