Özbekiston Xitoyga qança gaz eksport qilgani malum böldi
20-10-2025, 22:46
331 марта

Özbekiston Xitoyga qança gaz eksport qilgani malum böldi
Özbekiston joriy yil yanvar-sentyabr oylarida taxminan 629,8 million dollarlik tabiiy gazni quvir orqali Xitoyga eksport qildi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Boş bojxona boşqarmasiga tayanib, TASS xabar berdi. https://tass.ru/ekonomika/25391693Malum bölişiça, Rossiya Xitoyga mazkur resursni yetkazib beruvçilar orasida yetakçi örinni egallamoqda. Xitoyga 7,29 milliard dollarlik hajmda gazni eksport qilgan.
Rossiyadan söng Xitoyga uşbu resursni yetkazib beruvçilar röyxatida Turkmaniston joylaşgan. U uzoq yillar davomida katta farq bilan birinçi örinni egallab kelardi. Biroq, yanvar-sentyabr oylarida Turkmanistondan Xitoyga quvur gazi yetkazib beriş 12,7% ga kamayib, 6,46 milliard dollarni taşkil etdi. Keyingi örinlarda Myanma (1,18 milliard dollar), Qozoğiston (854,7 million dollardan ortiq) va Özbekiston (taxminan 629,8 million dollar) kelmoqda.
Keyingi yillarda Xitoy bojxonasi boşqa davlatlardan xarid qilinayotgan quvur gazining jismoniy hajmini elon qilmay kelmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi Boş bojxona boşqarmasi statistikasiga köra, 2024 yilda Xitoy quvur gazini 21,1 milliard dollarlik hajmda import qilgan – bu 2023 yilga nisbatan 8,6% ga köp. Rossiyadan amalga oşirilgan yetkazib beriş esa 25% ga oşib, 8,03 milliard dollarga yetgan.