USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyalik deputat Markaziy Osiyo davlatlariga viza joriy etişni talab qildi

118 марта
Россиялик депутат Марказий Осиё давлатларига виза жорий этишни талаб қилди

Rossiya Davlat dumasining “Spravedlivaya Rossiya” fraktsiyasi deputati Sergey Mironov yana bir bor Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan viza rejimini joriy etiş mavzusini kötarib çiqdi. Bu haqda joriy yilning 22 iyul kuni Mironov çiqiş qilgan brifing videosi elon qilindi.

Brifing davomida u Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan viza rejimini joriy etişi kerakligini bildirgan.

“Umuman olganda, biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan viza rejimini joriy qiliş mumkin, deb hisoblaymiz. Lekin loaqal Belarus printsipi böyiça qilaylik. U yerda şunday tartib örnatilgan: qaysidir biznesmenga xorijlik işçi kuçi kerak bölsa, birinçi navbatda, uşbu işni belaruslik qila olmasligini isbotlaşi talab etiladi. Isbotladimi, juda yaxşi.

Şundan söng erkaklar uçib kelişadi va oçiq maydonda vaqtinçalik turarjoy quriladi. Bizdagidek aholi yaşaydigan punktlarda emas. Ular muayyan işni bajarişadi, pulini olişadi va ketişadi. Heç qanaqa oilalarsiz”, deydi u.

Mironov öz çiqişi davomida özi olgan malumotlarni keltirib ötgan. Unga köra, göyoki Rossiyaga kirib borayotgan migrantlarning bor-yöği 28 foizi işlaşni rejalaştirgan, qolganlari esa boşqa maqsadlarda borgan.

Şuningdek, u agar migrant jinoyat sodir etsa, uning qarindoşlarini ham vataniga deportatsiya qilişni taklif etgan. Bundan taşqari, u Rossiyada migrantlarning iqtisodiyotning muayyan sohalarida işlaşini taqiqlaş kerak deb hisoblaydi.

“Rossiya Federatsiyasi subektlarining yarmidan köpi şunday qonunlarni qabul qildi. Töğri qilişdi. Keling, federal darajada ham şunday qilaylik. Öylaymanki, IX çaqiriq Davlat dumasi uşbu yönalişda iş olib boradi”, deydi u.

Bundan taşqari, deputat bazi aralaş jang sanati (MMA) klublarida şuğullanuvçilarning aksariyatini migrantlar taşkil etayotganidan xavotir bildirgan.

“Istalgan hududdagi istalgan MMA sport klubiga kirib köring! U yerda biznikilar yöq, hammasi migrantlar! Ular nimaga tayyorgarlik körişmoqda? Nima uçun? Bu juda xavotirga solyapti!” deydi Mironov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mironov uruşga bormaydigan özbekistonlik migrantlarga viza rejimini joriy qiliş kerakligini aytgan edi. Uning bu byonotiga özbekistonlik faollar keskin munosabat bildirgandi. Xususan,  “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov ham fikr bildirib, Rossiyani Mironovning özi va yaqinlari himoya qilişi lozimligini aytgandi. Şu bilan birga, “Yuksaliş” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov esa rossiyalik deputatning gaplariga javoban “bunday tajovuzkor ritorika faqat ikki tomonlama munosabatlarga salbiy tasir körsatişini” aytdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: